Vikilugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikilugʻat
Vikilugʻat logosi
Web-manzil www.wiktionary.org
Interwiki wikt:
Asosiy boʻlim jami 171 tilda
uz.wiktionary.org
Asos solingan sana 2002-yil 12-dekabr
Asoschi Jimmy Wales va Vikimedia jamoasi
Maqolalar soni 22,211,712
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikilugʻat (viki va lugʻat soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wiktionary) — koʻp tilli, barcha tildagi barcha soʻzni oʻz ichiga olgan lugʻat tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Hozirda Vikilugʻatning 171 tildagi boʻlimi mavjud. Vikipediya singari Vikilugʻat ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yaratiladi. Vikilugʻatda har qanday odam yangi sahifa yarata oladi, borlarini tahrir qila oladi.

Vikilugʻatda tipografik cheklovlar yoʻq. Shuning uchun lugʻatning aksar boʻlimlarida soʻzning izohi bilan birga uning boshqa tillarga tarjimasi, maxsus lugʻatlarda beriladigan qoʻshimcha maʼlumotlar bor.

Oʻzbekcha Vikilugʻat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha Vikilugʻatga 2005-yil asos solingan. 2014-yilgacha oʻzbekcha boʻlim juda sust rivojlandi. Oʻsha yili bot yordamida oʻzbekcha lugʻatlardagi izohlar qoʻshildi. Xususan, Vikilugʻatga Oʻzbek tilining izohli lugʻatida berilgan 80 000 dan oshiq soʻz qoʻshildi. 2015-yil Oʻzbekcha Vikilugʻat bosh sahifasi tubdan oʻzgartirildi.

Hozirda Vikilugʻatning oʻzbekcha boʻlimida 150 dan oshiq tildan olingan soʻzga 113 807 ta oʻzbekcha izoh bor. Ayni damda Oʻzbekcha Vikilugʻatda administrator yoʻq.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]