Oq boshli burgut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oq boshli burgut
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Haliaeetus leucocephalus
(Linnaeus, 1766),
Oila: Qirg`iylar

Oq boshli burgut (lotincha: Haliaéetus leucocéphalus) — Shimoliy Amerikada yashovchi qirgʻiylar oilasiga mansub yirtqich qush. Qitʼaning eng yirik vakillaridan biri boʻlgan bu qush burgut bilan birga mahalliy xalqlarning madaniyati va urf-odatlarida katta oʻrin tutadi. U odatdagi burgutlarning tashqi koʻrinishiga oʻxshash, lekin ulardan farqli oʻlaroq, koʻproq baliq bilan oziqlanadi. Shu sababli, bu turdagi qush dengiz qirgʻoqlari va yirik suv havzalari qirgʻoqlarida koʻp uchraydi. Bu burgut qardoshi baliqqiygʻir kabi baliqni tutish uchun shoʻngʻimaydi, balki, baliqlarni suv yuzasiga yaqin kelganida ushlab oladi. Asosiy oziq-ovqati boʻlgan baliqdan tashqari, oq boshli burgut suvda suzuvchi qushlar va kichik sutemizuvchilarni ham ovlaydi. Oq boshli burgut boshqa yirtqich qush tomonidan tutilgan oʻljani tortib olishi ham mumkin. Shuningdek, Burgut suv yuzasiga chiqib qolgan oʻlik baliqlar yoki quruqlik hayvonlarining jasadlari bilan ham oziqlanadi.

Odatda oq boshli burgut odamlarga yaqin yoʻlamaydi va aholi punktlaridan uzoqda joylashadi. Juftlari umr boʻyi bir-biriga sodiq qoladilar. Ular yiliga bir marta koʻpayib, birdan uchtagacha tuhum qoʻyadi. Ularning shoxlardan yasalgan inlari Ginnesning rekordlar kitobiga „Dunyodagi eng ulkan qush uyalari“ sifatida kiritilgan. Oʻrtacha 15-20 yil umr koʻradi, tutqunlikda esa bu koʻrsatkich ancha koʻproq.

1782-yilda burgut AQShning milliy qushi sifatida rasman tan olingan, uning tasvirlari ushbu mamlakatning gerbida, prezident shtandartida (bayrogʻi), banknotlarda va boshqa davlat atributlarida, shuningdek milliy korporatsiyalarning logotiplarida ham tasvirlanadi. XX asr oxirida qush Amerika Qoʻshma Shtatlarida yoʻq boʻlib ketish arafasida edi. Tabiatni muhofaza qilish choralari va insektitsidlarni taqiqlash ularning sonining asta-sekin tiklanishiga olib kelgan. Shundan kegin qushning populyatsiyasi tiklana boshlagan va tur 1995-yil 12-iyulda AQSh hukumatining yoʻq boʻlib ketayotgan turlar roʻyxatidan chiqarilgan va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kirgizilgan va 2007-yil 28-iyunda ikkala roʻyxatdan olib tashlangan. Shunga qaramay, AQShda ushbu qushni ruxsatsiz ovlash va tutqunlikda saqlashni taqiqlovchi qonunlar mavjud.

Tipologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq boshli burgut shved shifokori va tabiatshunos Carl Linnaeus tomonidan 1766-yilda oʻzining „Tabiat tizimi“ asarida tasvirlangan. Muallif burgutni lochinlar bilan bir qatorga qo‘yib, lotincha „Falco leucosephalus“[1] deb nomlagan. Dastlab, turkumga faqat oq dumli suvburgut (Haliaeetus nisus nomi bilan) kiritilgan, ammo keyinchalik xuddi shu guruhga kal burgut ham qoʻshilgan[2][3]. Umumiy nomlanishi (Haliaeetus) qadimgi yunoncha: ἁλιάετος, „dengiz burguti“, ehtimol, baliqqirgʻiy degan maʼnoni anglatadi. Tur nomlanishi (leucocephalus) — qadimgi yunoncha: λευκοκέφᾰλος, „oq boshli“ degan maʼnoni anglatadi. Soʻzlarning butun birikmasini „oq boshli burgut“ deb tarjima qilish mumkin. Shunisi eʼtiborga loyiqki, zamonaviy ingliz tilida qush „bald eagle“ (kal burgut) deb nom olgan[4]. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, „kal“ soʻzi patlarning yoʻqligi bilan bogʻliq emas, balki morfologik jihatdan inglizcha „piebald“ soʻzidan oʻzlashtirilgan, oʻzbek tilida „olachipor“ sifatida tarjima qilinishi mumkin[5].

boshi oq patlari bilan qoplanganligi qushning oʻziga xos belgilaridan biri sanaladi

Oq boshli burgutning eng yaqin qardoshiga — Shimoliy Yevrosiyo va Grenlandiyada oq boshli burgut singari bir xil ekologik hududda yashovchi oq dumli suvburgutni misol tariqasida keltirish mumkin[6]. Oq boshli burgut turining eng qadimiy qazilma qoldiqlari AQShning Kolorado shtatidagi gʻorda topilgan, ularning yoshi 670-780 ming yil deya taxmin qilingan[7].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq boshli burgut Shimoliy Amerikadagi eng yirik yirtqich qushlardan biri[8], lekin ayni paytda oq dumli burgutning[4] hajmi jihatidan ancha kichik. Umumiy uzunligi 70-120 sm, qanotlari 180-230 sm, vazni 3-6,3 kg ga etadi[9]. Moda qushlar narlarnikiga qaraganda taxminan 25 % koʻproq vaznga ega[10][11][12]. Arealning shimoliy chekkasida tarqalgan qushlar arealning janubiy qismida yashovchi qushlarga qaraganda sezilarli darajada kattaroqdir: agar Janubiy Karolinada oʻrtacha vazn 3,27 kgni[13] tashkil qilsa, xuddi shunday koʻrsatkich Alyaskada makiyonlarda 6,3 kg, narlarda esa 4,3 kg[14]. Jinsiy dimorfizm faqat oʻlchamlarda namoyon boʻladi[9].

Tumshugʻi katta, ilgak shaklida, katta qushlarda u oltin sariq rangga ega. Bosh suyagining koʻz qismi qirrali boʻlib, bu qushni qovogʻini solib turgandek koʻrsatadi. Oyoqlari tumshugʻi bilan bir xil rangda, patlarsiz. Barmoqlar uzunligi 15 sm gacha, kuchli, oʻtkir tirnoqli[15]. Qush oldingi barmoqlari bilan oʻljani ushlab turadi, nisbatan yaxshi rivojlangan orqa tirnogʻi bilan esa uning hayotiy organlarini teshib oladi[16]. Tovoni, burgutlardan farqli oʻlaroq, patsiz[17][4]. Yoysimon pardasi sariq rangda[16]. Qanotlari keng va yoysimon; dumi oʻrta uzunlikdagi, xanjar shaklida[9].

Burgut patlarining oʻzgarishi hayotining oltinchi yilining boshlanishida yuz beradi[17]. Ushbu yillarda uning boshi oq, dumi toʻq jigarrang qolgan barcha tana qismi esa qora rangga aylanadi. Tuhumlarni endigina ochib chiqqan polaponlar qisman kulrang-oq tuklar bilan qoplangan, terisi pushti rangga boʻyalgan, tirnoqlari tana rangida boʻladi. Taxminan 3 hafta oʻtgach, teri koʻkish rangga aylanadi, oyoqlari sargʻayadi. Hayotning ikkinchi va uchinchi yillarida oq dogʻlar paydo boʻlishi bilan patlarda yanada rang-baranglik aks etadi; kulrang rangga ega boʻlgan koʻzlar, sariq rangga aylanadi. Ushbu davrning oxiriga kelib, tumshugʻida ham sargʻishlik paydo boʻladi[18].

Parvozda

Parvozda qanotlari bilan bir xil tempda, shoshilmasdan uchadi.

Ovozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq boshli burgutning qichqirigʻi
Qichqirayotgan burgut

Haybatli koʻrinishiga qaramay, oq boshli burgutning ovozi nisbatan zaif[19]. Koʻproq „Kvik-kik-kik-kik“ tarzida baland qichqiriq yoki hushtakni eshitishingiz mumkin[17]. Baland qichqiriqdan tashqari, past ovozda, „kak-kak-kak-ak-kak“[20] tarzida chugʻurlash holatlari kuztiladi. Yosh qushlarning ovozi keskinroq, qoʻpolroq[21]. Vokalizatsiya koʻpincha uyada „qoʻriqchini almashtirish“ paytida, shuningdek qishda qushlarning ommaviy toʻplanishi joylarida paydo boʻladi[17][21].

Oʻxshash turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq boshli burgutga yaqin turlar Amerikadan tashqarida tarqalgan. Ulardan faqat afrikalik qichqiriq burgut oq boshli burgutga oʻxshash rangga ega. Biroq, undagi oq rang yuqori orqa va koʻkrak qafasini egallaydi[9]. Burgut esa balogʻatga yetmagan oq boshli burgutga oʻxshaydi, shuningdek burgutning boʻyni qisqaroq, oyoqlari esa tovonigacha par bilan qoplangan boʻladi. Bundan tashqari, burgutning patlari yengilroq, baʼzan esa oltin rangda tuslanadi. Uchayotgan oq boshli burgut qanotlarini gorizontal tekislikda tutib turadi, burgut esa qanotlarini yuqoriga koʻtargan holda parvoz qiladi[22].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Areal[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq boshli burgut asosan Kanada va AQShda yashaydi, Meksikaning shimoliy shtatlarida ham uchraydi. Mamlakatlardan tashqari, bu qush Fransiyaning Sen-Pyer va Mikelon[23][24] orollarida ham in quradi. Qushning uyalari dengiz qirgʻoqlarida va yirik daryolar hamda koʻllar yaqinida qayd etilgan. Burgut Tinch okeani sohilida Alyaskadan Oregongacha, shuningdek, Aleut orollarida keng tarqalgan. Aydaho, Montana, Vayoming va Kolorado shtatlaridagi qoyali togʻlarda maʼlum miqdorda dengiz burgutlari mavjud[25]. Amerika Qoʻshma Shtatlarining sharqiy qismining Florida shtatida (Alaskadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi[26]), Chesapeake koʻrfazi qirgʻoqlarida va Buyuk koʻllar mintaqasida eng koʻp tarqalgan. Kichik toʻdalari Quyi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Rod-Aylend va Vermontda qayd etilgan[18]. Tasodifiy parvozlar Bermuda, AQSh Virjiniya orollari, Puerto-Riko, Beliz va Irlandiyada kuzatilgan[24].

Oq boshli burgutni suv yaqinida, shuningdek, okean, koʻl yoki katta daryolar qirgʻogʻida uchratish mumkin

Migratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi koʻchish davrida Lemon Creek koʻlida (Alyaska) oq boshli burgutlarning toʻplanishi

Migratsiya tartibi bir qancha omillarga, jumladan, iqlim sharoitiga, oziq-ovqat mavjudligiga, tuhum qoʻyish uchun uyaning joylashuviga va qushning yoshiga bogʻliq. Agar suvning yuzasi butunlay muz bilan qoplangan boʻlsa, u yerda yashovchi barcha burgutlar hududni tark etib, dengiz qirgʻoqlariga yoki janubga iliqroq iqlimli kengliklarga koʻchib oʻtadi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat sharoitlari yetarlicha boʻlsa (masalan, dengiz qirgʻoqlarida), katta qushlarning kamida bir qismi qishlash uchun hududni tark etmaydi[27]. Michigan shtatidagi kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, qushlar issiq oʻlkalarga uchib ketmaydilar, balki keng va ochiq suv hududlari hamda kerakli miqdordagi oʻlja mavjud boʻlgan joylarda oʻrnashish uchun shunchaki yashab turgan joyini tark etishadi[28].

Garchi oʻlja toʻplangan joyda kichik toʻda boʻlib toʻplanishi mumkin boʻlsada, ular yakka koʻchib yurishadi deb ishoniladi. Juflar bir-biridan alohida uchishlariga qaramay, erkaklar va urgʻochilar qishlash paytida uchrashadilar va yana juftlik hosil qiladilar, yaʼni qishlash uchun burgutlar yangi uya quradilar va sheriklari bilan uchrashadilar, ammo qish tugashi bilan, shimolga, oʻz uylalariga uchib ketishadi[17]. Oq bosh burgut ommaviy yigʻilishlarni hosil qila oladigan kam sonli yirtqich qushlardan biridir. Oziq-ovqatlar koʻp boʻlgan joylarda, masalan, hayvonlarning nobud boʻlgan hududlarida yoki qish faslida gidroelektrostantsiyalar yaqinida oʻnlab, yuzlab va hatto minglab qushlar toʻdasi toʻplanishi mumkin[17]. Bunday mavsumiy toʻplanishlar Missisipi va Missuri daryolari vodiylarida, janubiy Alyaska va Britaniya Kolumbiyasidan janubiy Vashingtongacha boʻlgan Tinch okeani sohilida, shuningdek, Chesapeake Bay mintaqasida maʼlum[27][29].

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftlikning shakllanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftlashish

Jinsiy yetuklik odatda toʻrt yoki besh yoshda, baʼzan olti yoki yetti yoshda sodir boʻladi[30][31]. Koʻpchilik qirgʻiylar singari, oq boshli burgutlar ham monogamdir: har bir erkak bitta urgʻochi bilan juftlashadi. Anʼanaga koʻra, sheriklar hayotlari davomida „turmush oʻrtoq“ sodiqligini saqlab qolishadi. Biroq, bu unday emas: agar qushlardan biri qishlashdan keyin uyaga qaytmasa, ikkinchisi yangi sherik qidira boshlaydi. Shuningdek, juftlik naslni koʻpaytirishga qodir boʻlmaganda ajraladi[32].

Tuhumni yorish va polaponlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haliaeetus leucocephalus tuxumi — Tuluza muzeyi
Hayotning birinchi kunlaridagi par bilan qoplangan polaponlar

Tuxum uya qurish boshlanganidan 1-3 oy oʻtgach qoʻyiladi[33][25]. Tabiatda 4 ta tuxumli uyalari juda kam uchraydi[17][34]. Tuxumlari oq, naqshsiz, keng oval shaklga ega. Ularning oʻlchamlari 58-85x47-63 mm[35][36]. Tuxumlarning hajmi va vazni janubdan shimolga qarab qushlarning oʻz oʻlchamiga mos ravishda ortib boradi[36]. Alyaskadagi oʻlchovlar oʻrtacha massani taxminan 130 g[37] ni, Kanadaning Saskachevan provinsiyasida taxminan 114,4 g[38] ni koʻrsatadi.

Tuhumni bosish muddati taxminan 35 kun[23][39]. Urgʻochi polaponni oziqlantiradi, erkak esa baʼzi hollarda vaqti-vaqti bilan jufti bilan oʻrin almashadi. Erkakning asosiy vazifasi yem-xashak yigʻishdir. Joʻjalar tuxum qachon qoʻyilgan boʻlsa, shu tartibda tuxumni yorib chiqadi, shuning uchun ular hajmi jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Dastlabki ikki yoki uch haftada ota-onalardan biri doimiy ravishda uyada boʻladi — asosan urgʻochi, erkak esa uya uchun oziq-ovqat qidirish yoki yigʻish bilan shugʻullanadi. Polaponlar oziq-ovqat yeyish uchun bir-biri bilan raqobatlashadi va koʻpincha nimjonlari ochlikdan oʻlib ketishadi. Beshinchi yoki oltinchi haftada ota-onalar uyani tark etadi va odatda yaqin atrofdagi hududda joylashadi. Bu davrning oxiriga kelib, polaponlar ovqat boʻlaklarini maydalab tashlashni va shoxdan shoxga sakrashni oʻrganadilar, 10-12,5 haftadan soʻng ular birinchi parvozni amalga oshiradilar[34]. Uchishni oʻrgangan joʻjalar mustaqil hayotga qadam qoʻygunga qadar ota-onalari yonida yana 2-11 hafta vaqt oʻtkazadilar[40].

AQSh milliy qushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Buyuk muhri
Kosmonavtlarni Oyga olib borgan Apollon 11 boshqariladigan kosmik kemasining emblemasi

1782-yil 20-iyunda, Amerika davlat gerbi boʻlmish Buyuk muhrning zamonaviy qiyofasi uchun Kontinental Kongressda ovoz berishdagi olti yillik qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, oq boshli burgut rasman Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy ramziga aylangan[41]. Gerbning markazida qanotlarini cho‘zilgan burgut tasvirlangan bo‘lib, uning tumshug‘ida lotinchaE pluribus unum“ yozuvi bo‘lgan tasma bor, uni "Ko‘pdan - bir " deb tarjima qilish mumkin va bu soʻzlar millatni birlashtirish uchun mo‘ljallangan shior sifatida qabul qilinadi. Burgutning bir panjasida 13 ta nayza, ikkinchisida zaytun novdasi bor. Biroq, gerb tasdiqlanishidan oldin burgut tasviri 1776-yilda Massachusets shtatining 1 sent tangalarida ham paydo boʻlgan[42].

Hozirgi vaqtda burgutning stilizatsiya qilingan tasviri turli davlat atributlarida, jumladan, prezidentlik va vitse-prezidentlik shtandartlarida, Vakillar palatasining tayoqchasida, armiya ranglarida, bir dollarlik banknot va 25 sentlik tangalarda keng qoʻllaniladi. Xususiy korxonalar ham oʻzlarining Amerika kelib chiqishini taʼkidlashni xohlaganlarida oq boshli burgutdan foydalanishadi. Misol uchun, uning tasvirini American Airlines va samolyot dvigatellarini ishlab chiqaruvchi Pratt & Whitney logotiplarida koʻrish mumkin[43].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Linnaeus 1766.
  2. Savigny 1809.
  3. Newberry et al. 1882.
  4. 4,0 4,1 4,2 Коблик 2001.
  5. Dudley 1997.
  6. Wink, M. A mtDNA phylogeny of sea eagles (genus Haliaeetus) based on nucleotide sequences of the cytochrome b gene // Biochemical Systematics and Ecology. — 1996. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  7. „50 CFR Part 17. Endangered and Threatened Wildlife and Plants; Proposed Rule To Remove the Bald Eagle in the Lower 48 States From the List of Endangered and Threatened Wildlife“. Fish and Wildlife Service. Department of the Interior. (1999-yil 6-iyul). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-noyabr.
  8. „Bald Eagle Facts and Information“. Eagles.org. 2008-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-noyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Ferguson-Lees & Christie 2001.
  10. Thiollay 1994.
  11. Bird 2004.
  12. Dunning 2007.
  13. Murphy, T. & Hope, C. „Bald Eagles in South Carolina“ (PDF). Department of Natural Resources of South Carolina. 2014-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  14. Brown & Amadon 1989.
  15. Wilcox 2002.
  16. 16,0 16,1 Mobley 2008.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 17,6 Cartron 2010.
  18. 18,0 18,1 Martina, Leila Siciliano. „Haliaeetus leucocephalus Bald Eagle.“. Animal Diversity Web. University of Michigan. Museum of Zoology. (2013). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-may.
  19. Kaufman 2005.
  20. Peterson 2010.
  21. 21,0 21,1 „Interesting Facts about Bald Eagles“. 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  22. Sibley 2000, s. 127.
  23. 23,0 23,1 Snyder, S. A. „Haliaeetus leucocephalus“. Fire Effects Information System. U.S. Department of Agriculture, Forest Service. 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  24. 24,0 24,1 „Bald Eagle Haliaeetus leucocephalus“. BirdLife International. 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  25. 25,0 25,1 „Bald Eagle (Haliaeetus leucocephalus)“. Desert Renewable Energy Conservation Plan. 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  26. „Bald Eagle - Haliaeetus leucocephalus“. Field Guide to the Rare Animals of Florida. Florida Natural Areas Inventory. 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  27. 27,0 27,1 „Species Profile: Bald Eagle“. US Environmental Protection Agency. 2014-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  28. „Bald Eagle (Haliaeetus leucocephalus)“. Department of Natural Resources, State of Michigan. 2014-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  29. „Where to View Bald Eagles“. baldeagleinfo.com. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  30. Grambo 1997.
  31. Gerrard et al. 1992.
  32. Stocek, R .F. „Bald Eagle“. Hinterland Who's Who. 2014-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-avgust.
  33. Heintzelman 2004.
  34. 34,0 34,1 Travsky, A. & Beauvais, G. „Species Assessment for Bald Eagle (Haliaeetus leucocephalus) in Wyoming“ (PDF). United States Department of the Interior- Bureau of Land Management. 2014-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-iyun.
  35. Terres 1995.
  36. 36,0 36,1 Stalmaster & Gessaman 1984.
  37. Hensel & Troyer 1964.
  38. Bortolotti 1984.
  39. Gage & Duerr 2007.
  40. Whitacre 2012.
  41. Lawrence 1990.
  42. Givens 2006.
  43. Hempstead 2005.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Артюхин, Ю. Б.; Герасимов, Ю. Н. (Отв. Ред.) „Вып.3.“,. Биология и охрана птиц Камчатки. М.: Изд-во Центра охраны дикой природы, 2001. 
  • Ваксель, Свен.. Вторая Камчатская экспедиция Витуса Беринга. Л.—М.: Изд-во Главсевморпути, 1940. 
  • Иогансен, Г. Х.. Птицы Командорских островов. Труды Томского университета, 1934. 
  • Коблик, Е. А. „Часть 1“,. Разнообразие птиц (по материалам экспозиции Зоологического музея МГУ). М.: Издательство МГУ, 2001. ISBN 5-211-04072-4. 
  • Стеллер, Г. В.. Описание земли Камчатки. Петропавловск-Камчатский: Камчатский печатный двор, 1999. 
  • Степанян, Л. С.. Конспект орнитологической фауны России и сопредельных территорий. Москва: Академкнига, 2003. ISBN 5-94628-093-7. 
  • Anthony, R. G; Estes, J. A.; Ricca, M. A.; Miles, A. K.; Forsman, E. D. Bald eagles and sea otters in the Aleutian Archipelago: indirect effects of trophic cascades // Ecology. — 2008. — T. 10. — S. 2725—2735.
  • Audubon, Maria R.. Audubon and his Journals. Dover Pubns, 1986. ISBN 978-0486251431. 
  • Bean, Michael J.; Rowland, Melanie J.. The Evolution of National Wildlife Law. Praeger, 1997. ISBN 978-0275959890. 
  • Beans, Bruce E.. Eagle's Plume: The Struggle to Preserve the Life and Haunts of America's Bald Eagle. Bison Books, 1997. ISBN 978-0803261426. 
  • Bird, D. M.. The Bird Almanac: A Guide to Essential Facts and Figures of the World's Birds. Ontario: Firefly Books, 2004. ISBN 978-1552979259. 
  • Bortolotti, G. R. Physical development of nestling Bald Eagles with emphasis on the timing of growth events // Wilson Bulletin. — 1984. — T. 96. — S. 524—542.
  • Bowman, T. D.; Schempf, P. F.; Bernatowicz, J. A. Bald Eagle survival and populations dynamics in Alaska after the Exxon Valdez oil spill // Journal of Wildlife Management. — 1995. — T. 59, № 2. — S. 317—324. — doi:10.2307/3808945.
  • Breining, Greg.. Return of the Eagle: How America Saved Its National Symbol. The Lyons Press, 2008. ISBN 0762747900. 
  • Bright, Michael.. Man Eaters: An Enthralling Study of the Animals That Prey on Humans. Robson Books Ltd, 2000. ISBN 978-1861053213. 
  • Brisbin, I. L. Jr.; Mowbray, T.B. American Coot (Fulica americana) // The Birds of North America Online. — Cornell Lab of Ornithology, 2002. — doi:10.2173/bna.697a.
  • Broley, C. L. Migration and nesting of Florida bald eagles // Wilson Bulletin. — 1947. — T. 59. — S. 3—20.
  • Brown, Bryan T. Winter foraging ecology of Bald Eagles in Arizona // The Condor. — 1993. — T. 95, № 1. — S. 132—138.
  • Brown, B. T., Warren, P. L. and Anderson, L. S. First Bald Eagle nesting record from Sonora, Mexico // Wilson Bulletin. — 1987. — T. 99. — S. 279-280.
  • Brown, Leslie; Amadon, Dean.. Eagles, Hawks and Falcons of the World. The Wellfleet Press, 1989. ISBN 978-1-55521-472-2. 
  • Bull, John; Farrand Jr., John.. The Audubon Society Field Guide To North American Birds: Eastern Region. Alfred A. Knopf, 1977. ISBN 978-0394414058. 
  • Burton, L. DeVere.. Fish & Wildlife: Principles of Zoology & Ecology. Cengage Learning, 2001. ISBN 978-0766832602. 
  • Cartron, Jean-Luc E.. Raptors of New Mexico. University of New Mexico Press, 2010. ISBN 978-0826341457. 
  • Coffman, Steve (Ed.).. Words of the Founding Fathers: Selected Quotations of Franklin, Washington, Adams, Jefferson, Madison and Hamilton, with Sources. McFarland, 2012. ISBN 978-0786458622. 
  • Coleman, J.; Fraser, J. Predation on Black and Turkey Vultures // The Wilson Bulletin. — 1986. — T. 98, № 4. — S. 600—601.
  • Collins, P. W.; Guthrie, D. A.; Rick, T. C.; Erlandson, J. M. Analysis of prey remains excavated from an historic Bald Eagle nest site on San Miguel Island, California // Proceedings of the Sixth California Islands Symposium, Ventura, California, December 1-3, 2003 National Park Service Technical Publications CHIS-05-01, Institute for Wildlife Studies, Arcata, CA.. — 2005. — № 103—120.
  • Crosley, Sloane; Wilson, Jason.. The Best American Travel Writing 2011. Mariner Books, 2011. ISBN 978-0547333366. 
  • DeGange, Anthony R.; Nelson, Jay W. Bald Eagle Predation on Nocturnal Seabirds // Journal of Field Ornithology. — 1982. — T. 53, № 4. — S. 407—409.
  • del Hoyo, Josep; Sargatal, Jordi; Elliot, Andrew (Editors). Handbook of the Birds of the World. Lynx Edicions, 1994. ISBN 978-8487334153. 
  • Dellasala, Dominick A.; Thomas, Charles L.; Anthony, Roben G. Use of Domestic Sheep Carrion by Bald Eagles Wintering in the Willamette Valley, Oregon // Northwest Science. — 1989. — T. 63, № 3. — S. 104—108. Arxivirovano 5 dekabrya 2014 goda.
  • Dudley, Karen.. Bald Eagles. Raintree Steck-Vaughn Publishers, 1997. ISBN 978-0817245719. 
  • Dunning Jr., John B.. CRC Handbook of Avian Body Masses. CRC Press, 2007. ISBN 978-1420064445. 
  • Eldredge, Charles C.. John Steuart Curry's Hoover and the Flood: Painting Modern History. The University of North Carolina Press, 2007. ISBN 978-0807830871. 
  • Ferguson-Lees, J.; Christie, D.. Raptors of the World. London: Christopher Helm Publishers Ltd, 2001. ISBN 978-0713680263. 
  • Fiennes, William.. The Snow Geese: A Story of Home. Random House Trade Paperbacks, 2003. ISBN 978-0375758577. 
  • Folk, M. J. Cooperative hunting of avian prey by a pair of Bald Eagles // Florida Field Naturalist. — 1992. — T. 20. — S. 110—112.
  • Foreman, Paul.. Endangered Species: Issues and Analyses. Nova Science Pub Inc, 2002. ISBN 978-1590331613. 
  • Forman, Richard T. T.; Sperling, Daniel; Bissonette, John A.; Clevenger, Anthony P.; Cutshall, Carol D.; Dale, Virginia H.. Road Ecology: Science and Solutions. Island Press, 2002. ISBN 978-1559639330. 
  • Frenzel, R. W. Environmental Contaminants and Ecology of Bald Eagles in South-Central Oregon : PhD dissertation. — Oregon State University, Corvallis, 1984.
  • Gage, Laurie; Duerr, Rebecca (Editors).. Hand-Rearing Birds. Wiley-Blackwell, 2007. ISBN 978-0813806662. 
  • Gerrard, J. M.; Gerrard, P. N.; Bortolotti, G. R.; Dzus, E. H. A 24-Year Study of Bald Eagles on Besnard Lake, Saskatchewan // Journal of Raptor Research. — 1992. — T. 26. — S. 159-166.
  • Gill Jr., R.; Kincheloe, K. Are Bald Eagles Important Predators of Emperor Geese? // Journal of Raptor Research. — 1993. — T. 27, № 1. — S. 34—36.
  • Givens, George W.. 500 Little-Known Facts in U.S. History. Cedar Fort, 2006. ISBN 978-1555179472. 
  • Graff, Steve. Black market linked to Powwows // American Cowboy. — 2007. — № Mar-Apr.
  • Grambo, Rebecca L.. Eagles: Masters of the Sky. Voyageur Press, 1997. ISBN 978-0896583429. 
  • Grubb, T. G.; Nagiller, S. J.; Eakle, W.L.; Goodwin, G. A. Winter Roosting Patterns of Bald Eagles (Haliaeetus leucocephalus) in North-Central Arizona // Southwest Naturalist. — 1989. — T. 34. — S. 453-459.
  • Grubb, Teryl G. Food habits of Bald Eagles breeding in the Arizona desert // Wilson Bull.. — 1995. — T. 107, № 2. — S. 258—274.
  • Hartz, Paula.. Native American Religions. Chelsea House Publications, 2009. ISBN 978-1604131116. 
  • Hayward, J.; Galusha, J.; Henson, S. Foraging-Related Activity of Bald Eagles at a Washington Seabird Colony and Seal Rookery // Journal of Raptor Research. — 2010. — T. 44. — S. 19. — doi:10.3356/JRR-08-107.1.
  • Heintzelman, Donald S.. Hawks and Owls of Eastern North America. Rutgers University Press, 2004. ISBN 978-0813533506. 
  • Heizer, Robert F.; Hewes, Gordon W. Animal ceremonialism in central California in the light of archaeology // American Anthropologist. — 1940. — T. 42, № 4. — S. 587-603. — doi:10.1525/aa.1940.42.4.02a00050.
  • Hempstead, Anne.. The Bald Eagle, Land of the Free. Heinemann-Raintree, 2005 — 978—1403470034 bet. 
  • Hensel, R. J.; Troyer, W. A. Nesting studies of the Bald Eagle in Alaska // Condor. — 1964. — T. 66, № 4. — S. 282-286. — doi:10.2307/1365287.
  • Houston, D. C. „Family Cathartidae (New World Vultures)“,. Handbook of the birds of the world. Barcelona: Lynx Edicions, 1994. ISBN 978-8487334153. 
  • Jenkins, J. Mark; Jackman, Ronald E. Field Experiments in Prey Selection by Resident Bald Eagles in the Breeding and Non-Breeding Season // Journal of Field Ornithology. — 1994. — T. 65, № 4. — S. 441—446.
  • Jobling, James А.. A Dictionary of Scientific Bird Names. United States: Oxford University Press, 1992. ISBN 0198546343. 
  • Jorde, Dennis G.; Lingle, Gary R. Kleptoparasitism By Bald Eagles Wintering in South-Central Nebraska // Journal of Field Ornithology. — 1988. — T. 59, № 2. — S. 183—188.
  • Kaufman, Kenn.. Kaufman Field Guide to Birds of North America. Houghton Mifflin Harcourt, 2005. ISBN 978-0618574230. 
  • Knopf, F.; Evans, R. American White Pelican (Pelecanus erythrorhynchos) // The Birds of North America Online. — 2004. — T. 57. — S. 1—20.
  • Kozie, K. D.; Anderson, R. K. Productivity, diet, and environmental contaminants in Bald Eagles nesting near the Wisconsin shoreline of Lake Superior // Archives of Environmental Contamination and Toxicology. — 1991. — T. 20, № 1. — S. 41—48. — doi:10.1007/BF01065326. — PMID 1996910.
  • Krech III, Shepard.. Spirits of the Air: Birds and American Indians in the South. University of Georgia Press, 2009. ISBN 978-0820328157. 
  • Lawrence, E. A. Symbol of a Nation: The Bald Eagle in American Culture // The Journal of American Culture. — 1990. — T. 13, № 1. — S. 63—69. — doi:10.1111/j.1542-734X.1990.1301_63.x.
  • Lawrence, Elizabeth A. The Symbolic Role of Animals in the Plains Indian Sun Dance // Society and Animals. — 1993. — T. 1, № 1. — S. 17—37.
  • Linnaeus, Carolus.. Systema naturae per regna tria naturae, secundum classes, ordines, genera, species, cum characteribus, differentiis, synonymis, locis. Holmiae (Laurentii Salvii), 1766. 
  • Lindstrom, Matthew J.. Encyclopedia of the U.S. Government and the Environment. ABC-CLIO, 2010. ISBN 978-1598842371. 
  • Livingston, S.A.; Todd, C. S.; Krohn, W. B.; Owen Jr., R. B. Habitat Models for Nesting Bald Eagles in Maine // Journal of Wildlife Management. — 1990. — T. 54. — S. 644-653.
  • Llopis, Alejandro; Frey, Hans. Captive breeding of the Bearded vulture and its associated problems // Centre de Recuperació de Fauna Vallcalent, Partida de Vallcalent. — 2014.
  • Maestrelli, John R.; , Stanley N. Wiemeyer. Breeding Bald Eagles in Captivity // Wilson Bulletin. — 1975. — T. 87, № 1. — S. 45—53.
  • Martin T. E. Food as a limit on breeding birds: a life-history perspective // Annu. Rev. Ecol. Syst.. — 1987. — T. 18. — S. 453—487.
  • McCollough, M. A.; Todd, C. S.; Owen, R. B., Jr. Supplemental feeding program for wintering Bald Eagles in Maine. — Wildlife Society Bulletin, 1994. — T. 22, № 2. — S. 147—154. — doi:10.1016/0006-3207(96)83230-7.
  • MacDonald, J. Journal of Raptor Research // Bald Eagle attacks adult Osprey. — 1994. — T. 28, № 2. — S. 122.
  • McDougall, Len.. The Encyclopedia of Tracks and Scats: A Comprehensive Guide to the Trackable Animals of the United States and Canada. Lyons Press, 2004. ISBN 978-1592280704. 
  • McEneaney, T.; Jenkins, M. Bald Eagle predation on Domestic Sheep // The Wilson Bulletin. — 1983. — T. 95, № 4. — S. 694—695.
  • Mersmann, Timothy J. Foraging ecology of Bald Eagles on the northern Chesapeake Bay with an examination of techniques used in the study of Bald Eagle food habits // Master’s Thesis. — Politexnicheskiy universitet Virginii, 1989.
  • Millsap, B.; Breen, T.; McConnell, E.; Steffer, T.; Phillips, L.; Douglas, N.; Taylor, S. Comparative fecundity and survival of bald eagles fledged from suburban and rural natal areas in Florida // The Journal of Wildlife Management. — 2004. — T. 68, № 4. — S. 1018—1031.
  • Mobley, Jason A.. Birds of the World. Cavendish Square Publishing, 2008. ISBN 978-0761477754. 
  • Monareng, M. A.. The Majesty of an Eagle: Your Attitude Determines the Altitude of Your Flight. Xlibris, 2012. ISBN 978-1479721146. 
  • Mooi, Randall D.. North American Wildlife. Cavendish Square Publishing, 2010. ISBN 978-0761479383. 
  • Newberry, J. S. et al.. Report of the Geological Survey of Ohio. Nevins & Myers, 1882. 
  • Newton, Ian. Population Ecology of Raptors. Poyser, 2010. ISBN 978-1408138533. 
  • O'Brien, Greg.. Choctaws in a Revolutionary Age, 1750-1830, Indians of the Southeast. University of Nebraska Press, 2005. ISBN 978-0803286221. 
  • Oberholser, Harry Church.. The North American eagles and their economic relations. U.S. Dept. of Agriculture, Biological Survey, 1906. ISBN 978-1286393352. 
  • Oldfield, Sara.. The Trade in Wildlife: Regulation for Conservation. Earthscan Publications Ltd, 2003. ISBN 978-1853839597. 
  • Paehlke, Robert C.. Conservation and Environmentalism: An Encyclopedia, Garland Reference Library of Social Science. Routledge, 1995. ISBN 978-0824061012. 
  • Perrins, Cristopher.. Firefly Encyclopedia of Birds. Firefly Books, 2003. ISBN 978-1552977774. 
  • Peterson, Allen. Habitat suitability index models: bald eagle (breeding season) // U.S.Department of the Interior, Fish and Wildlife Service Biological Report. — Washington, DC, 1986. — T. 82 (10.126).
  • Peterson, Roger Tory.. Peterson Field Guide to Birds of Western North America. Houghton Mifflin Harcourt, 2010. ISBN 978-0547152707. 
  • Potts, Steve.. The Bald Eagle. Capstone Press, 1999. ISBN 978-0736884839. 
  • Power, D. M.. Current Ornithology. Plenum Press, 1991. ISBN 978-0306436406. 
  • Redig, Patrick Thomas.. Raptor Biomedicine. University of Minnesota Press, 1993. ISBN 978-0816622191. 
  • Retfalvi, L. Food of nesting Bald Eagles on San Juan Island, Washington // Condor. — 1970. — T. 72, № 3. — S. 358—361. — doi:10.2307/1366014.
  • Savigny, Marie Jules César. „Hist., Nat., 1“,. Haliaeetus, Description de l'Égypte, Syst. Oiseaux, 1809. 
  • Schaffner, Spencer.. Binocular Vision: The Politics of Representation in Birdwatching Field Guides (Critical Perspectives in the History of Environmental Design). University of Massachusetts Press, 2011. ISBN 978-1558498860. 
  • Sherrod, S. K.; White, C. M; Williamson, F. S. L. Biology of the Bald Eagle on Amchitka Island, Alaska // Living Bird. — 1977. — T. 15. — S. 143-182.
  • Sibley, D. A.. The Sibley Guide to Birds. National Audubon Society, 2000. ISBN 978-0679451228. 
  • Sobkowiak, Stefan; Titman, Rodger D. Bald Eagles killing American Coots and stealing coot carcasses from Greater Black-backed Gulls // The Wilson Bulletin. — 1989. — T. 101, № 3. — S. 494—496.
  • Springer, Joseph; Holley, Dennis.. An Introduction to Zoology: Investigating the Animal World. Jones & Bartlett Learning, 2012. ISBN 978-1449648916. 
  • Stalmaster, Mark V.; Gessaman, James A. Ecological Energetics and Foraging Behavior of Overwintering Bald Eagles // Ecological Monographs. — 1984. — T. 54, № 4. — S. 407—428. — doi:10.2307/1942594.
  • Stalmaster, Mark V.; Plettner, R. G. Diets and foraging effectiveness of Bald Eagles during extreme winter weather in Nebraska. — Journal of Wildlife Management, 1992. — T. 56, № 2. — S. 355—367. — doi:10.2307/3808835.
  • Stejneger, Leonhard Hess. Results of ornithological explorations in the Commander Islands and in Kamtschatka // U. S. National Museum Bulletin. — Washington, D.C., 1885. — № 29.
  • Swenson, J. E.; Alt, K. L.; Eng, R. L. Ecology of Bald Eagles in the greater Yellowstone ecosystem // Wildlife Monogram. — 1986. — T. 95. — S. 3—46.
  • Terres, John K.. The Audubon Society Encyclopedia of North American Birds. Wings Books, 1995. ISBN 978-0517032886. 
  • Thiollay, J. M. „Family Accipitridae (Hawks and Eagles)“,. Handbook of the birds of the world. Barcelona: Lynx Edicions, 1994. ISBN 978-8487334153. 
  • Vlietstra, L. S.; Paruk, J. A. Predation attempts on incubating Common Loons, Gavia immer, and the significance of shoreline nesting // Canadian Field Naturalist. — 1997. — T. 111. — S. 654—655.
  • Voget, Fred W.. The Shoshoni-Crow Sun Dance, The Civilization of the American Indian Series. University of Oklahoma Press, 1998. ISBN 978-0806130866. 
  • Watson, J.; Davison, M.; Leschner, L. Bald Eagles Rear Red-Tailed Hawks // Journal of Raptor Research. — 1993. — T. 27, № 2. — S. 126—127.
  • Watson, Jeff; Riley, Helen; Thomson, Des.. The Golden Eagle. Yale University Press, 2011. ISBN 978-0300170191. 
  • Watt, Jon; Krausse, Bernhard; Tinker, Tim M. Bald Eagles Kleptoparasitizing Sea Otters at Amchitka Island, Alaska // The Condor. — 1995. — T. 97, № 2. — S. 588—590.
  • Wilcox, Charlotte.. Bald Eagles. Carolrhoda Books, 2002. ISBN 978-1575051703. 
  • Williams, David R.; Pople, Robert G.; Showler, David A.;. Bird Conservation: Global evidence for the effects of interventions. Pelagic Publishing Ltd, 2013. ISBN 978-1907807206. 
  • Whitacre, David F.. Neotropical Birds of Prey: Biology and Ecology of a Forest Raptor Community. Comstock Publishing Associates, 2012. ISBN 978-0801440793. 
  • Wood, P. B.; Buehler, D. A.; Byrd, M. A. Raptor status report — Bald Eagle // Giron Pendleton, B. (Ed.) Proceedings of the southeast raptor management symposium and workshop. — National Wildlife Federation Washington, D.C., 1990. — S. 13—21.
  • Wood, Petra B.; Collopy, M. W. Population ecology of subadult southern bald eagles in Florida: post-fledging ecology, migration patterns, habitat use, and survival // Nongame Wildlife Program, Tallahassee, Florida Final report to Florida Game and Fresh Water Fish Commission. — 1995.
  • Wood, P.; Nesbitt, S.; Steffer, A. Bald Eagles Prey on Sandhill Cranes in Florida // Journal of Raptor Research. — 1993. — T. 27, № 3. — S. 164—165.
  • Zierdt-Warshaw, Linda.. Encyclopedia of Environmental Science. Greenwood, 2000. ISBN 978-1573561471. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]