Vermont

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of the United States.svg Vermont
Vermont
Flag of the United States.svg
Vermont bayrog`i Vermont tamg`asi
Vermont bayrog`i Vermont tamg`asi

Shtat laqabi:
(Green Mountain State)

Map of USA highlighting Vermont.png
Poytaxt Montpelier
Eng yirik shaharlar Burlington
Rutland
South Burlington
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 45-oʻrinda

24,901 km²
3.79 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 49-oʻrinda

623,050
25.41 kishi/km²
1
3

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 50-oʻrinda

$21,921 mil.
$35,286

Ittifoqqa kirish

   - Sana

14-boʻlib

4 mart 1791

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma VA [51]
Shtat guli Red Clover

(Trifolium pratense)

Shtat daraxti Sugar Maple

(Acer saccharum)

Vermont — AQShning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpiler sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 – 1000 mm yogʻin yogʻadi.

V. — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan va shaharlari kam shtatlaridan. V. hududining 1/5 qismi ekinzor, katta qismi oʻr.mon, qisman yaylov va yaroqsiz yerlar. Q.x. uchun yaroqli yerlar faqat torgina daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda boʻlsada, iqtisodining asosini q.x. tashkil etadi. Q. x. tovar mahsulotining 75% i sut chorvachiligidan keladi. Ekin mayd.ning 90% iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat, qogoz sanoati korxonalari bor. Asbest, marmar, granit, mis rudasi qazib olinadi. V.ni shim.dan janubga Monreal—Boston va Monreal — NyuYork t. y. kesib oʻtgan. Konnektikut daryosi va Shampleyn koʻlida kema qatnaydi. Turistlar koʻp keladi. Yirik shahri — Berlington.[1]

Vermont - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Montpelier shahri. AQSh ittifog`iga 4 mart 1791 yilda kirgan, undan oldin - Province of New York, Vermont Republic.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil