Missuri (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Missuri
inglizcha: Missouri
Missouri River in 2021 01.jpg
Tavsif
Uzunligi 4 740 km
Maydoni 1 370 000 km²
Suv sarfi 2 478 m³/s
Joylashuvi
Missouri River basin map.png
Davlat AQSh
Vikiomborda "Missuri" nomli sahifa mavjud


Missuri yoki Missouri (mahalliy indeyslar tilidaloyqa daryo) — AQShdagi daryo, Mississipi daryosining eng katta oʻng irmogi. Uz. 4740 km, havzasining maydoni 1370 ming km² (shundan 10 ming km² Kanada hududida). Qoyali togʻlarning sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Oʻrta oqimi Missuri platosi (baʼzida daralardan oqib, ostonalar hosil qiladi) va quyi qismi Markaziy tekisliklar orqali oʻtgan. Suvi juda loyqa. Yirik irmoklari: Yellouston, Platt, Kanzas. Missuri yuqori oqimida qordan, oʻrta va quyi oqimida koʻproq yomgʻirdan suv oladi. Bahorda suvi koʻpayadi (etagida suv satqi 8–12 m gacha koʻtariladi), kuchli toshqinlar boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 2600 m³/sek., toshganda 19000 m³/ sek., suvi kamayganda 150–170 m³/sek. boʻladi. Daryo yiliga 220 mln. t oqiziq keltiradi. Katta suv omborlari (Fort-Pek, Garrison, Oaxe) qurilgan boʻlib, ulardan suv oqimini tartibga solib turish, irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalaniladi. Daryoda yirik kemalar Su-Siti shahrigacha, kichikroq kemalar Fort-Benton shahrigacha qatnaydi. Missuri boʻyida Omaxa, Kansas-City va boshqa shaharlar joylashgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil