Aleut orollari
|
| |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 6821 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 2857 m. |
| Eng baland nuqtasi | Mount Shishaldin |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | AQSh[1] |
| Mintaqa | Alyaska |
| Demografiya | |
| Aholisi | 8162 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
Aleut orollari — Tinch okean shimolida, Alaska yarim oroldan janubga tomon 1740 kmga yoy shaklida choʻzilgan arxipelag. Aleut botigʻidan koʻtarilib turgan suv osti togʻlarining tepalari. Koʻpdan-koʻp orol va qoyalardan iborat. Bering dengizini janubiy tomondan oʻrab turadi. Maydoni 37,8 ming km². Aholisi 7,5 ming kishi. Koʻp orollar vulkan togʼlaridan iborat. Unimak orolidagi eng baland Shishaldin vulkani 2860 metr. Aleut orollarida 25 ta soʻnmagan vulkan bor. Tez-tez zil-zila boʻlib turadi. Iqlimi subarktika okean iqlimi, qishi iliq, nam, kuchli shamollar esib turadi. Qor qalin yogʻadi. Togʻ choʻqqilarini doim qor qoplab yotadi. Eng sovuq oy — fevralning oʻrtacha temperaturasi −1,4°, baʼzan −10, 15° gacha sovuq boʻladi. Avgustniki 11,9°. Yiliga 1500 mm yogʻin yogʻadi. Oʻsimliklari asosan oʻt 314va butalar; tuproqlari oʻtloq, tundra tuproqlaridir. Maʼmuriy jihatdan AQShning Alyaska shtatiga qarashli. Aleut orollari da AQSH harbiy bazalar qurgan. Eng yirik aholi punkti — Adak. Aholisi baliq, dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi. Aleut orollari XVIII asr oʻrtalarida Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan. 1867-yil podsho hukumati Aleut orollarini Alyaska bilan birga AQShga sotib yuborgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
52°05′49″N 173°30′02″W / 52.09694°N 173.50056°W
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| AQSh geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |