Bermud orollari
Bermud orollari inglizcha: Bermuda
| |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
|
Shior: "Quo Fata Ferunt" ("Taqdirlar qayerga olib boradi (bizni)") | |
|
Madhiya: "God Save the King" | |
|
| |
| Poytaxt | Gamilton |
| Eng katta shahar | Sent-Jorj |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Boshqa tillar | Bermud kreol tili |
| Etnik guruhlar (2016) |
• 52% Qora tanlilar • 31% Oq tanlilar • 9% Multi xalqlar • 4% Osiyoliklar • 4% boshqalar |
| Etnoxoronim(lar) | Bermudaliklar |
| Hukumat |
Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi parlamentga qaram hudud |
• Monarx |
Charles III |
| Endryu Merdok | |
| Edvard Devid Bert | |
• Vazir |
Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Parlament |
• Yuqori palata |
Senat |
• Quyi palata |
Assambleya kengashi |
| Suveren davlat ( | |
• Birinchi Ingliz manzilgohi |
1609-yil |
| Maydon | |
• Butun |
53.2 km2 |
• Suv (%) |
27 |
| Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
63,913 kishi (205-oʻrin) |
| • Zichlik | 1,338/km2 |
| YIM (nominal) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
$7.484 milliard (161-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$117,097 (4-oʻrin) |
| HDI (2013) |
0.981 very high |
| Pul birligi | Bermud dollari (BMD) |
| Vaqt mintaqasi | UTC—04:00 (AST) |
• Yoz (DST) |
UTC—03:00 (ASD) |
| Sana formati | kun/oy/yil |
| Avtomobil harakati | Chapga |
| Telefon prefiksi | +1 441 |
| ISO 3166 kodi | BM • BMU |
| Internet domeni | .bm |
|
Web-sayt https://www.gov.bm | |
Bermud orollari (inglizcha: Bermuda) – Atlantika okeanining shimoli-g‘arbiy qismida, Shimoliy Amerikadan 900 km uzoqlikda joylashgan marjon orollari guruhidagi Buyuk Britaniyaning dengizortidagi hududi.
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat rahbari — Buyuk Britaniya qiroli. Qirol tayinlaydigan Britaniyalik gubernator tashqi siyosat, mudofaa va politsiya masalalarini hal qiladi. 1968-yili konstitutsiya qabul qilingan va orol oʻzini oʻzi ichki boshqarish huquqiga ega.
Ijroiya hokimiyati rahbari — bosh vazir. Qonunchilik hokimiyatini ikki palatali parlament amalga oshiradi. Birlashgan Bermud partiyasi, Leyboristik taraqqiyot partiyasi, Milliy liberal partiya asosiy siyosiy kuchlardir.
Aholisi va boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisining 54 foizi qora tanli, 31 foizi Yevropa va Shimoliy amerikaliklar avlodlari, 8 foizi mulatlar, qolgani osiyoliklar va hindular
9 okrug va ikki munitsipalitetga boʻlinadi. Anglikanlar (23%), katoliklar (15%), Afrika metodist-yepiskopistlari (11%), boshqa protestantlar (18%).
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi. Shimoliy Amerikadan 900 kilometr uzoqlikda Atlantika okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi marjon orollari guruhida joylashgan. Bermud tarkibiga 181 ta orol va riflar kiradi. Ularning 20 tasida odam yashaydi. Asosiy orol — Meyn-Aylend boʻlib, oʻnta orol koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar orqali unga bogʻlanadi.
Orol ochilguniga qadar uning hududi Bermud qora archasiga toʻla edi. Ammo XX asr oʻrtalariga kelib sekin oʻsuvchi bu bebaho daraxtlarning 99 foizi qirilib ketdi. Hozir 35 foiz hududni butazorlar band etgan. Bugendvilei, gibiskus, pandaus, paupau, Bermud kedri, mushmula, oleandr, zaytun va banan oʻsadi.
Iqlimi — sernam subtropik. Havo yil davomida 17 — 26 daraja issiq boʻladi. Daryo va irmoqlar yoʻq. Tropik yomgʻirlar yagona chuchuk suv manbai hisoblanadi. Suvni chuchuklashtiradigan qurilmalar qimmatligi sababli mahalliy aholi yomgʻir suvidan keng foydalanadi. Buning uchun uy tomida maxsus qurilma oʻrnatiladi va toʻplangan suv uy ostidagi rezervuarlarda yigʻiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orol ispaniyalik dengizchi Xuan Bermudes tomonidan 1503-yili ochilgan va uning nomiga berilgan. 1609-yili angliyaliklarning ilk manzilgohlari paydo boʻldi. 1684-yili Bermud Angliyaning rasman mulkiga aylandi. Mustamlakani oʻzlashtirish maqsadida Afrikadan qora tanli qullar keltirildi. Qullik 1838-yili bekor qilindi.
1941—1995-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va “Sovuq urush” davrida Bermud orollarida AQSh va Buyuk Britaniyaning bir nechta harbiy-dengiz va harbiy-havo bazalari paydo boʻldi.
1941-yildagi shartnomaga muvofiq Britaniya hukumati Bermuddagi 6 kvadrat kilometr maydonni 99 yilga AQShga ijaraga berdi. Harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari bazalarini qurish uchun taqdim etilgan hududdan AQSh 1995-yili (muddatidan oldin) foydalanishdan voz kechdi.
Bermud orollari 1968-yili toʻla ichki boshqaruvga ega boʻldi. 1989-yili mustaqillik sari intilish Britaniya tomonidan rad qilindi. 1995-yilgi referendumda esa aholi Britaniya tarkibida qolishni istadi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yalpi ichki mahsuloti 6 milliard dollar (2018). Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga ulushi kattaligi boʻyicha dunyoda eng oldingi oʻrinlarda turadi.
Bermud orollariga har yili 600 ming sayyoh tashrif buyurmoqda. Ularning 90 foizi amerikaliklar hisoblanadi. Xorijiy kompaniyalarning oroldagi operatsiyalari soliqdan batamom ozod qilingan.
Shu sababli Bermud orollari mintaqa va jahondagi muhim moliya markaziga aylandi. 6 ming xorijiy kompaniya roʻyxatdan oʻtgan. Kemalarni taʼmirlash, qayiqlar tayyorlash, farmatsevtika va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, baliqchilik, gulchilik rivojlangan. Gullarning mingdan ortiq turi yetishtiriladi va eksport qilinadi.
Bermud orollari dengiz yoʻllari chorrahasida joylashgan. AQSh va Kanadadan Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerikaga, aksincha uchuvchi havo kemalari yoʻnalishlari uning havo kengliklaridan oʻtadi. Bir qancha samalyot va kemalarning Bermud, Antil va Bagama orollari orasidagi makonda fojiaviy halokati tufayli qoʻrqinchli “Bermud uchburchagi” atamasi paydo boʻldi.
Karib Hamjamiyati assotsialashgan aʼzosi (2003)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil