Tip (hayvonlar sistematikasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
HayotDomenDunyoTipSinfTurkumOilaUrugʻTur

Tip (phylum) (hayvonlar sistematikasida) — yuksak taksonomik kategoriyalardan biri. T. darajasi berilgan muayyan hayvonlar guruhi (taksoni). T. oʻzaro qarindosh boʻlgan sinflarni birlashtiradi; koʻpincha sinfdan yirikroqtaksonlar — T.larga boʻlinadi. Bitta T.ga kiradigan organizmlarning umumiy tuzilish belgilari oʻxshash boʻladi.

Fransuz paleontologi J. Kyuvyenij hayvonlarni 4 shox (umurtqalilar, yumshoqtanlilar, boʻgʻimlilar, nurlilar) ga ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga asoslanib, fransuz zoologi va anatomi A. Blenvin (1825) "T." tushunchasini fanga kiritadi. J.Kyuvye fikricha, T. oʻzgarmas, biri ikkinchisi bilan bogʻlanmagan. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar koʻp hujayrali organizmlarning barcha T.i embriogenezi umumiyligini aniqladi. Hozir T.ga muayyan guruhga mansub organizmlar kelib chiqishidagi umumiy stvol sifatida qaraladi. Hayvonot olamidagi T.lar soni va nomi toʻgʻrisida yagona fikr yoʻq. Har xil sistemalarga qaraganda hozir hayvonot dunyosida 10 dan 33 tagacha (koʻpincha 18—25) T. mavjud. Mas., J.Kyuvye davridan boshlab ayrim zoologlar halqali chuvalchanglar bilan boʻgʻimoyoqlilarni yagona boʻgimlilar T.iga birlashtirishni yoki yaqingacha T. hisoblangan eng sodda hayvonlarni bir necha T.ga boʻlishni tayutif etishadi. T.lar tarkibiy jihatdan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, plastinkalilar T.i 2, pogonofalar 150, boʻgʻimoyoklilar bir mln.dan koʻproq turni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, T.ning kenja T.ga boʻlinishida ham munozarali fikrlar mavjud.

Sistematik nomenklaturada T. (typus) — muayyan takson nomining tavsifi bilan bogʻliq boʻlgan oʻsimlik yoki hayvon nusxasi (golotip); agar golotip nusxa saqlanmagan boʻlsa, etalon sifatida shu seriyadagi boshqa nusxalar (paratip) yoki tipik material olingan joydan yigʻilgan yangi nusxalar (laktotip), baʼzan T.ning original tavsifi yoki rasmi etalon sifatida qabul qilinadi. Urugʻ T.i — shu urugʻ tavsifi uchun asos boʻlgan tur; T. oilasi — T. urugʻi....TIPIYA (yun. typos — iz; nusxa) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning birinchi qismi; poligrafiya usulida nashr, chop etish bilan aloqadorlikni bildiradi (mas., fototipiya, avtotipiya).