Yoysimon parda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yoysimon parda (iris), rangdor parda — koʻz soqqasi tomirli pardasining old qismi; kipriyush tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda qorachiq teshigida tugaydi, uning oldingi yuzasi koʻz soqqasining oldingi boʻshligʻiga, orqa yuzasi koʻz gavhari boʻshligʻiga qaragan. Yo. p. rangli boʻlib, muguz (shox) parda orqali koʻrinib turadi. Parda tarkibidagi pigmentlar miqdoriga qarab koʻz har xil rangli (qora, jigarrang , koʻk va h.k.) boʻlib tovlanadi, pigment boʻlmagan rangdor parda kizil boʻlib koʻrinadi. Koʻz qorachigʻi qirralarida aylanasiga joylashgan muskul qisqarib, qorachiqni toraytirsa, uzunasiga joylashgan muskul kengaytiradi. Yo. p.ning orqasida tiniq, ikki tomoni qavariq linza — koʻz gavhari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil