BirdLife International

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


BirdLife International (sobiq International Council for Bird Preservation) - qushlarni muhofaza qilish va ularning yashash muhitini saqlash boʻyicha xalqaro tashkilot. 120 dan ortiq o'zaro hamkorlik qiluvchi nodavlat ekologik tashkilotlar birlashmasidir[1]. Xodimlarning umumiy soni 2,5 million kishidan ortiq.

Xalqaro guruh bosh qarorgohi Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida joylashgan. Qushlarni himoya qilish Qirollik jamiyati, Yovvoyi qushlar yapon jamiyati va Milliy Audubon jamiyati uning asosiy hamkorlari sanaladi.

Qush turlari yoʻqolib ketishining oldini olish, qushlar yashaydigan asosiy mintaqalarni aniqlash va muhofaza qilish, qushlarning asosiy yashash joylarini saqlash va tiklash, shuningdek, butun dunyo boʻylab tabiatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning imkoniyatlarini kengaytirish BirdLife International vazifalari sirasiga kiradi. Global Kengash rahbarligida a'zo tashkilotlar guruh belgilab bergan strategiyalarni mahalliy, mintaqaviy va milliy darajada amalga oshiradi.

BirdLife International qushlar yashaydigan 7500 ta muhim hududni aniqladi va 1 million gektardan ortiq yovvoyi hayvonlar yashash joylarini boshqaradi. BirdLife International yo'qolib ketish xavfida bo'lgan 1000 dan ortiq qush turlarini aniqladi va ularning har birini saqlab qolish bo'yicha muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqdi[2]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotga 1922-yilda amerikalik ornitologlar Tomas Gilbert Pirson va Jan Teodor Delakur tomonidan asos solingan va dastlab International Council for Bird Preservation (Qushlarni saqlash bo'yicha xalqaro kengash) deb nomlangan. 1993-yilda jamiyat nomi BirdLife International deya o'zgartirilgan.

Tashkilot Kembrij shahrida joylashgan, ammo boshqa barcha qit'alarda mintaqaviy kotibiyatlarga ega. tashkilot nizomiga muvofiq, har bir mamlakatda faqat bitta hamkori bo'lishi mumkin; 2013-yil iyul oyi holatiga ko'ra, ularning soni 121 tani tashkil etdi, ya'ni dunyo mamlakatlarining 2/3 qismida hamkor vakillar mavjud edi. 1995-yildan 2009-yilgacha Rossiya qushlarni himoya qilish ittifoqi BirdLife International'ning Rossiyadagi hamkor-vakili sifatida faoliyat ko'rsatdi[3]. Belorussiyada 2005-yildan beri "Axova birdie Batskaushchyny" jamoat birlashmasi BirdLife International rasmiy hamkori sifatida ishlamoqda[4]. "Qozog'iston biologik xilma-xillikni saqlash assotsiatsiyasi" respublika jamoat birlashmasi 2010-yildan beri BirdLife International'ning Qozog'istonda vakili va 2015-yildan to'liq hamkori hisoblanadi.

BirdLife International 2007-yilda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan qush turlarini saqlab qolish boʻyicha keng qamrovli kampaniyani boshladi. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 40 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Yaponiya imperatorlik oilasi a'zosi malika Takamado tashkilot prezidenti hisoblanadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Heineken mukofoti (1994)

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BirdLife Partners“ (deadlink). BirdLife International. 28-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-avgust 2015-yil.
  2. „Аб АПБ - Гісторыя АПБ“ (deadlink). 13-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2020-yil.
  3. „Союз охраны птиц России. Общая информация“. 26-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
  4. „Казахстанская ассоциация сохранения биоразнообразия. Общая информация“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]