Janubiy Karolina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of the United States.svg Janubiy Karolina
South Carolina
Flag of the United States.svg
Janubiy Karolina bayrogʻi Janubiy Karolina tamgʻasi
Janubiy Karolina bayrogʻi Janubiy Karolina tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Palmetto State)

South Carolina in United States.svg
Poytaxt Columbia
Eng yirik shaharlar Columbia
Charleston
North Charleston
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 40-oʻrinda

82,932 km²
5.97 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 25-oʻrinda

4,255,083
51.45 kishi/km²
6
8

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 27-oʻrinda

$136,125 mil.
$32,427

Ittifoqqa kirish

   - Sana

40-boʻlib

2 noyabr 1889

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma SC [45]
Shtat guli Yellow Jessamine

(Gelsemium sempervirens)

Shtat daraxti Cabbage Palmetto

(Sabal palmetto)

Janubiy karolina - AQShning janubisharqidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 80,5 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kolumbiya sh. Shtatning janubisharqi Atlantika boʻyi past-tekisligida, shim.gʻarbida Pidmont platosi va Appalachi togʻining tarmoqlari bor. Eng baland joyi 1087 m. Daryo koʻp. Iqlimi subtropik, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4—10°, iyulniki 24—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000–1200 mm. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Gʻarbida aralash oʻrmonlar bor. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan.

Janubiy Karolina xoʻjaligida sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Shtatdagi ishchilarning yarmiga yaqini shu sanoatda band. Yirik markazlari: Ogasta, Kolumbiya, Grinvill va boshqalar Metallsozlik, kemasozlik, trikotaj, tikuvchilik, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Atom sanoati markazlaridan biri. Dehqonchilik qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb 70%ini beradi. Asosiy ekinlari — paxta, tamaki, makkajoʻxori. Bugʻdoy, sholi, yer yongʻoq ham ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol va choʻchqa boqiladi. Eng katta porti — Charlston.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil