Eyüpspor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyüpspor
Toʻliq nomi Eyüp Spor Kulübü
Asos solingan 1919 (105 yil avval) (1919)
Stadion Eyüp Stadium, Istanbul
Stadion hajmi 2,500
Egasi Murat Özkaya
Prezidenti Murat Özkaya
Murabbiyi Arda Turan
Vebsayt Web site
Musobaqasi TFF Birinchi Liga
2023-24 TFF Birinchi Liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Eyüpspor — Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan Turkiyaning professional futbol klubi. Jamoa ranglari lavanta va sariqdir. Ularning uy arenasi Eyüp stadioni boʻlib 2500 tomoshabinga moʻljallangan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eyüpspor 1934-yildan 1937-yilgacha Istanbul birinchi ligasida oʻynagan[1]. 1956-yilda jamoa rasman professional maqomini oldi va 1959-yilda Istanbul shahar chempionati gʻolibi boʻldi[2].

1982/1983 yilgi mavsumda jamoa milliy musobaqalarda debyut qildi va Turkiya futbolining ikkinchi divizioni boʻlgan Birinchi ligaga chiqdi, ammo tez orada uni tark etdi. 2014—2015-yillarda klub Ikkinchi liga, uchinchi divizionda oʻynadi va 2-oʻrinni egalladi va bunda yana bir bor ikkinchi divizionga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[3].

2018/2019-yilgi mavsumda jamoa turnir jadvalida 9-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga rahbariyatning umumiy yigʻilishida klubning yangi prezidenti etib Murat Oʻzkaya saylandi[4].

2020/2021-yilgi mavsumda „Eyupspor“ Ikkinchi liganing Qizil guruhi chempioni boʻldi, 37 yildan soʻng birinchi ligaga qaytdi[5].

Raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eyüpspor jamoasining Fotih Karagümrük va Beykoz 1908 klublari bilan kuchli raqobati bor, bu oʻyinlar davomida muhlislar oʻrtasidagi tartibsizliklarga sabab boʻladi.

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-avgust, 2023 
Amplua Futbolchi
1  TUR DR Berke Özer
2  TUR HM Erdem Gökce
4  BRA HM Luccas Claro
6  GER YH Robin Yalcin
7  TUR YH Murat Uçar
8  TUR YH Sinan Kurt
9  TUR HJ Mustafa Pektemek
10  NED HJ Ryan Babel
11  MAR YH Adrien Regattin
13  TUR DR Birkan Tetik
15  TUR HM Uğur Demirok
19  TUR HM Ömer Bayram
Amplua Futbolchi
20  TUR YH Recep Niyaz
21  AUT HM Berkay Doğan
23  TUR HJ Ahmed Kutucu
26  TUR DR Alp Köseer
28  AZE YH Taşkın Ilter
40  GHA YH Prince Ampem
57  TUR YH Melih Kabasakal
70  TUR HJ Mete Demir
73  TUR HM Fethi Özer
88  TUR HM Caner Erkin
90  TUR HM Metehan Baltaci
91  TUR YH Bekir Yılmaz
 UZB HM Jahongir Oʻrozov

Boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolangan[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Amplua Futbolchi

Ijaraga berilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Amplua Futbolchi
 TUR HJ Halil Akbunar (at Pendikspor until 30 June 2024)
 SEN HM Joher Rassoul (at Pendikspor until 30 June 2024)
 TUR HM Muhammet Yeşil (at Amed SK until 30 June 2024)
 LUX YH Olivier Thill (at Sanliurfaspor until 30 June 2024)
Amplua Futbolchi
 TUR YH Mikail Okyar (at Sakaryaspor until 30 June 2024)
 TUR HJ Metehan Mimaroğlu (at Bandirmaspor until 30 June 2024)
 TUR HJ Erencan Yardimci (at Pendikspor until 30 June 2024)
 AUS HJ Al Hassan Toure (at Sanliurfaspor until 30 June 2024)

Ligadagi ishtirok[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • TFF Birinchi ligasi : 1982-83, 1987-94, 2021-
  • TFF Ikkinchi ligasi : 1970-73, 1984-87, 1994-01, 2002-14, 2015-21
  • TFF Uchinchi Ligasi : 2001-02, 2014-15
  • Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi : 1959-70, 1973-82, 1983-84

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eyüpspor – #BirSemtinRüyası“ (tr). Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  2. „Eyüpspor kongresinde neler yaşandı? – Medya Haliç“. web.archive.org (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  3. „ФК «Эюпспор» Стамбул“. footballfacts.ru. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  4. „Eyüpspor Kongresinde Neler Yaşandı“. 8 iyul 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Eyüpspor, TFF 1. Lig'e yükseldi“ (tr). Ensonhaber. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]