Mahdiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahdiylik — zamona oxir boʻlganda imom Mahdiy yerga kaytib keladi va adolatli tuzum oʻrnatadi deb hisoblaydigan diniy taʼlimot. Bu taʼlimot dastlab shialar oʻrtasida kelib chiqqan, keyinchalik sunniylar orasida ham qisman tarqalgan. Islom mamlakatlarida M. gʻoyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Mac, Eronda bobiylar qoʻzgʻolonining boshligʻi Ali Muhammad (qarang Bob) va 1881 yilda Sudanda dehqonlar va koʻchmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Ahmad (1848—85) va boshqa oʻzlarini Maxdiy deb eʼlon qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil