Bob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bob (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad) (1819. 20.10, Sheroz 1850, 9.7, Tabriz) — bobiylik asoschisi, bobiylar qoʻzgʻoloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 yilda oʻzini Bob (arab tilidagi eshik, darvoza soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "haqiqat va adolat yoʻliga olib boruvchi eshik" degan maʼnoda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohishirodasi, yoʻlyoʻriqlari xalqqa "men orqali boradi", deb eʼlon qildi. U xaloskor — maxdiyning kelishi yaqinlashganligi gʻoyasini targʻib qildi. B. 1847-yilda qamoqqa olindi, u yerda "Bayon" (arab. — tushuntirish, yoritib berish, taʼriflash) asarini yezdi. "Bayon"da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. Bob bobiylar qoʻzgʻoloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil