Yorqishloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorqishloq — Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi qishloq. Xoʻjaobod tumaniga qarashli Doʻstlik, Toʻrobod, Faqirqishloq, Jalaquduq tumanidan Beshtol, 9-boʻlim, Jumboz xamda qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasiga qarashli Oʻsh viloyatining VLKSM, Alimtepa qishloqlari bilan chegaradosh.

Qishloq hududida 5 ta maktab, 3 ta DIMI va 4 ta Maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Qishloq hududida yana Kiyim kechak, buyum, dehqon bozori va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud. Qishloq haqida Sohiba Hoshimovaning „Yorqishloq“ kitobi chop etilgan. Qishloqdan chiqqan shoir Muxammad Yusuf shogirdi Baxodir Xojimatov sheʼrlari butun respublikada mashhur. Qishloqda koʻplab mevalar, poliz ekinlari yetishtiriladi. Qishloq „Andijonning Oltiarigʻi“ deb ataladi. Yetishtirilgan uzum, gilos va turli meva-sabzavotlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinadi.