Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |

Ushbu sahifani Maktabgacha taʼlim va Maktabgacha taʼlim bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari — maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiya muassasalari. Oʻzbekistonda bu muassasalarga bolalar yaslisi, yash bogʻcha, bolalar bogʻchasi kiradi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari 2 bosqichdan iborat. 1-bosqich bolalar yaslisi boʻlib, u boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqlli va jismoniy rivojlantirish nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof-olam bilan tanishtirish hamda gigiyena masalalari boʻyicha amaldagi tayanch dastur asosida taʼlim-tarbiya beriladi. 2-bosqich bolalar bogchasi boʻlib, boʻlgan bolalarni kamrab oladi. Bu bosqichda bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning maʼnaviy kamolotini taʼminlash, jismoniy jihatdan baquvvat boʻlishlari uchun yoʻnaltirilgan taʼlimtarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ham Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud boʻlib, ular maxsus dastur hamda texnik vositalar bilan taʼminlangan.
Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarining moddiy texnika bazasi hamda metodik taʼmi-notini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun joriy qilingan „Uchinchi ming yillikning bolasi“ tayanch das-turi pedagogika. va psixologiya fanlari yutuklari hamda davlat va jamiyat talablariga tayangai holda yaratilganligi bilan alohila ahamiyatga ega. Davlat va nodavlat Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramogida boʻlishidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi uni kadrlar bilan taʼminlaydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogikaagogik jihatlan rahbarlik qiladi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun tarbiyachi va metodistlar Toshkent pedagogika universiteti, pedagogika institutlari va kollejlarida tayyorlanadi.
2002 i. Oʻzbekistonla 6865 Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari boʻlib, ularda 640 mingdan ortiq bola tarbiyalandi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
bogʻcha