Kontent qismiga oʻtish

Jaʼfar Irismetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jafar Irismetov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jafar Irismetov Tursumboyevich
Tavallud sanasi

23-avgust 1976-yil[ (45 yosh)

Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Tavallud joyi OʻzbekistonOʻzbekiston
Boʻyi 177 sm
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993-1997 Oʻzbekiston Do‘stlik (125 (81))
1997-1998 Gretsiya Panatinaikos (1 (0))
1998 Oʻzbekiston Do‘stlik (10 (8))
1998 Rossiya Chernomorets (7 (1))
1999 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) (27 (19))
2000 Oʻzbekiston Do‘stlik (37 (45))
2001 Rossiya Spartak (Moskva) (8 (0))
2001 Belarus Slaviya (Mozir) (9 (3))
2002 Rossiya Anji (11 (0))
2003 Oʻzbekiston Paxtakor (5 (3))
2003-2004 Ukraina Krivbass (11 (1))
2003/2004 Ukraina Krivbass-2 (1 (1))
2004-2005 Qozogʻiston Kayrat (49 (22))
2006-2007 Qozogʻiston Olma-Ota (52 (34))
2008 Qozogʻiston Aktobe (15 (2))
2008 Qozogʻiston Olma-Ota (12 (4))
2009 Xitoy Liaoning Xungyong (2 (0))
2010 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) (24 (11))
2011 Oʻzbekiston Shoʻrtan (11 (3))
2011 Oʻzbekiston Qizilqum (12 (3))
2012-2013 Oʻzbekiston Navbahor (14 (1))
Milliy terma jamoa
1997-2007 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (36 (15))
Boshqargan klublari
2014 Oʻzbekiston NBU-Aziya
2016-2017 Oʻzbekiston Obod
2017-hozirga qadar Oʻzbekiston Paxtakor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jafar Tursumboyevich Irismetov (23.08.1976, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiyi va funksioner[1].

Moskvaning "Spartak" jamoasi bilan birgalikda 2001-yilda „Hamdoʻstlik kubogi“ gʻolibi va Rossiya chempioni boʻlgan. Oʻzining takidlashicha, Jafar faoliyatidagi eng yaxshi yillarini Qozogʻiston chempionatida oʻtkazgan[2]. 2012-yil 5-yanvar kuni „Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi“ (IFFHS) oʻz faoliyatini davom ettirayotgan va milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan hujumchilar roʻyxatini eʼlon qilgan. Jafar Irismetov 428 oʻyinda 239 ta gol urib, reytingda 9-oʻrinni egallagan (2012-yil 5-yanvar holatiga koʻra)[3][4].

Qozogʻistondagi faoliyati davomida Irismetov yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turgan. Futbolchi umumiy hisobda Qozogʻiston jamoalari safida 149 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich har bir oʻyinda oʻrtacha 0,5 tadan golga toʻgʻri keladi. 2017-yil 26-oktabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk Qozogʻiston jamoalari toʻpurar-legionerlari klubini tuzgan. Klub nomi Qozogʻiston futbol klublari legionerlari orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendez sharafiga qoʻyilgan[5]. Irismetov Qozogʻiston jamoalari safida 75 ta gol urishga muvoffaq boʻlgan.

Klublardagi yutuqlari
„Doʻstlik“

„Spartak“ (Moskva)

„Paxtakor“

„Kayrat“

„Olma-Ota“

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1996, 1997, 2000-yillar Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2006, 2007-yillar Bir mavsumdagi gollar hisobi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati rekordchisi: 45 ta gol Nilton Mendez toʻpurarlar klubi aʼzosi (76 ta gol)

  1. Jafar Irismetov // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „«Джафар ИРИСМЕТОВ — И чем я не угодил Муханову?»“ (deadlink). 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2016-yil.
  3. Irismetov voshel v spisok samix rezultativnix futbolistov mira, 5-yanvarya, 2012 (Wayback Machine saytida 24-oktabr 2012-yil sanasida arxivlangan) 24-oktabrya 2012 goda.
  4. „IFFHS: The World’s most successful Top Division Goal Scorer among the still active Players, 05.01.2012“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2012-yil.
  5. „Встречайте — Клуб бомбардиров Нилтона Мендеса!“ (deadlink). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.