Ivan Panfilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Panfilov Ivan Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)

Ivan Vasilyevich Panfilov (1892.20.12 Saratov viloyati Petrovsk shahri — 1941.19.11 Moskva ostonasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiya generalmayori. Gitlerchilar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashi bilan Olmaotada shakllantirilgan 316-oʻqchi diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan. Panfilov oʻz diviziyasi bilan Moskva ostonalaridagi shiddatli janglarda jasorat kursatgan. Diviziya tarkibida uzbek, qozoq, qirgʻiz, rus, qoraqalpoq va boshqa xalklarning vakillari bulib, ular Moskvani mardonavor himoya qilishgan. Panfilov diviziyasiga gvardiyachi nomi berilib, 8-gvardiyachi diviziyaga aylantirilgan. Panfilov Moskva uchun olib borilgan janglarda halok bulgan. Oʻlimidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1942 yil aprel). Panfilov qoʻmondonlik qilgan diviziya uning nomi bilan ataladigan bulgan. Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlarda kuplab qishloq va qoʻrgʻonlar, maktab va xiyobonlar Panfilov nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil