Qorgʻas (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorgʻas

qozoqcha: Қорғас
qishloq
44°13′20.47″N 80°22′48.01″E / 44.2223528°N 80.3800028°E / 44.2223528; 80.3800028 G OKoordinatalari: 44°13′20.47″N 80°22′48.01″E / 44.2223528°N 80.3800028°E / 44.2223528; 80.3800028 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Tuman Panfilov tumani (Jetisu viloyati)
Aholisi
 (2009)
875
Vaqt mintaqasi UTC+6:00
Telefon kodi +772831
Pochta indeks(lar)i 041318
Avtomobil kodi 05 (oldin B, V)
Qorgʻas xaritada
Qorgʻas
Qorgʻas

Qorgʻas (qozoqcha: Қорғас) — Qozogʻiston Respublikasining Jetisu viloyati, Panfilov tumanidagi qishloq. Pidjim qishloq okrugi tarkibiga kiradi. Jarkent shahridan taxminan 31 km sharqda, Xorgas daryosi yaqinida joylashgan. KATO kodi — 195645400[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1871-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilgan, 1881-yilda Ili mintaqasi toʻgʻrisidagi shartnoma nihoyat Xorgas daryosining chap qirgʻogʻini Rossiyaga, keyin SSSR va Qozogʻistonga qoldirdi. 1882-yilda Qorgʻas kazak posyolkasi sifatida tashkil etilgan. O‘shandan beri qishloqda Qozog‘iston-Xitoy chegarasi strategik nazorat o‘tkazish punkti boʻlib kelgan.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda qishloq aholisi 670 kishini (324 erkak va 346 ayol) tashkil qilgan[2]. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 875 kishi (442 erkak va 433 ayol) yashagan[2].

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq hududidan „Gʻarbiy Yevropa — Gʻarbiy Xitoy“ transkontinental avtomobil yoʻli oʻtadi. Oltinkoʻl temir yoʻl vokzali qishloqning janubi-gʻarbida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.