Foydalanuvchi:Janob Mirzaolim/qumloq
Ҷonibeki Murod
Janob Mirzaolim/qumloq |
|---|
Jonibek Murodov (tojikcha: Муродов Ҷонибек Ҷӯрабекович; 1986-yil 29-may, Leninobod, Tojikiston SSR) – tojikistonlik qoʻshiqchi, musiqachi, produser va pedagog. Tojikistonning eng mashhur xonandalaridan biri.
2017-yildan boshlab „JONIBEK“ taxallusi bilan Ukrainada musiqiy faoliyatini davom ettirdi. Uning repertuarida tojik, ukrain va rus tillaridagi qoʻshiqlar mavjud[manba kerak]. Mashhur tojik xonandasi Joʻrabek Murodovning oʻgʻli.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonibek Murodov 1986 29-mayda Tojikiston SSRning Leninobod shahrida tugʻilgan[1]. Jonibek SSSR xalq artisti Joʻrabek Murodovning oʻgʻli. 2003-yilda Xoʻjand shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan va Xoʻjanddagi Zamonaviy Tojikiston-Rossiya gumanitar universitetining arab tilshunosligi yoʻnalishi talabasi boʻlgan.
Musiqiy martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonibeki Murod ijodiy faoliyatini 1995-yilda boshlagan va 2005-yilgacha Xoʻjanddagi „Bolo“ guruhining yakkaxon ijrochisi boʻlgan. 2006-2007-yillarda „Vazir“ guruhi bilan chiqish qilgan, 2007-yildan beri yakkaxon xonanda sifatida ijod qiladi[1].
Tojikistonlik yetakchi xonandalar: Nigina Omonqulova, Shabnam Surayo, Farzona Hurshed, Mehrnigori Rustam, Damirbek Olimov, Jonibeki Murod („Zamonaviy kelin“ qoʻshigʻi bilan) bilan birgalikda YouTubeʼdagi „Tamoshow Music Awards – 2017“ mukofotini qoʻlga kiritdi. Tojik musiqasining ushbu nufuzli mukofoti uchun 9 nominatsiya boʻyicha 45 nafar daʼvogar bellashdi.[2]
Mukofotlar va yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2005, 2006, 2007-yillarda „Yil qoʻshigʻi“ mukofoti.
- Yil yulduzi mukofoti 2008
- Tamoshow musiqa mukofoti – 2017
Boʻydoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kahanag chalavek uchun qoʻshiq
- Men yoʻlga qadam qoʻyaman
- Zabariy
- Hazon Res
- Jonimning ogʻrigʻi tirjaydi
- Meni toshboʻron qildim
- Zikry Alahamdan Dilbar, Madzina, Sítara, 2010-yil
- Yuraksiz
- Alohu taolo z Shabnam Suraya
- Mahinabonu
- Shabnam Surayadan Yuqorida marta
- Ab sirtsy
- Men p’yany
- Shabnam Suray va Xolidam Kaenamdan Sabza oʻ zv marta
- Shabnam Surayadan Ajoyib tikish marta
- Kel, priyatsel
- gullar uyi
- Shabnam Surayadan Xindzi vaqtlari
- Dona, Dona
- Sanamo razam z Shabnam Suraya
- Dajjli shaharlar
- Siz tiriksiz
- Xudo sodiqdir
- Sizning soatingiz
- Zulayho Joʻrabekam Murodavim bilan
- Ní i, ni i Jurabek Murodavymdan
- Xazanrez Joʻrabekam Murodavym bilan
Albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xudoga shukur
- salomat boʻling
- yuragim haqida
- Men qariman, yoshman
Bilim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonibekning qoʻshiqlaridan biri tojikistonlik xonanda Maniza Davlatova tomonidan yozilgan.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Tojikistonlik qo‘shiqchi Jonibek Murodov bilan Google+ da suhbatlashing“. BBC Oʻzbek. BBC (2016-yil 3-fevral). Qaraldi: 4-dekabr 2025-yil.
- ↑ Barandagoni ҷoizai imsolai Tamoshow
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jonibek Murodov arxivining rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2010-05-12 sanasida arxivlangan) Boygon shudaast 2010-yil may chap.
Madad Invest Bank
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Madad Invest Bank | |
|---|---|
| Asosiy maʼlumotlar | |
| Turi | AJ |
| Litsenziyasi | №82 2016-yil 22-oktabr |
| Birja listingi | MIBK |
| Asos solingan | 2016 |
| Boyligi | |
| Sof foydasi | 35,0 mlrd soʻm (2023-yil 1-yanvar)[1] |
| Egalari | |
| Sayti | https://madadinvestbank.uz/ |
"Madad Invest Bank" ATB – aksiyadorlik-tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistondagi bosh ofisi Toshkent shahrida joylashmagan 3 ta tijorat banklaridan biri. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2016-yil 22-oktabrda berilgan 82-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi[2]. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrtamiyona banklaridan (22-oʻrinda) hisoblanadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madad Invest Bank 2016-yilda Fargʻona shahrida tashkil etilgan.
2016-yil 22-oktabr – Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 82-sonli bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi
2016-yil 23-noyabr – Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga aʼzo boʻldi[3]
2017-yil 31-mart – bank oʻzining milliy valyutadagi birinchi bank kartasini muomalaga chiqardi.
2017-yil 6-iyul – bank Amaliyot boshqarmasi ish boshladi va mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi
2017-yil – bank aksiyalari „Toshkent“ RFBda listingga qoʻyildi.
2020-yil 2-dekabr – bankning yuridik mijozlariga moʻljallangan „Madad Invest Business“ mobil ilovasi taqdim etildi[4]. Ilova 2023-yil 13-iyul holatida Google Playda 1000 martadan ortiq yuklab olingan.
Bank infratuzilmalari geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madad invest bankning xizmat koʻrsatish geografiyasi, asosan, Fargʻona viloyati bilan cheklanadi[5]. Bankning viloyat markazida Amaliyot boshqarmasi (MFO:01142), Quvasoy shahri, Beshariq hamda Buvayda (Yuksalish mini-banki) tumanlarida mini-banklari faoliyat koʻrsatmoqda.
Yana bir mini-banki Toshkent shahri Mirzo-Ulugʻbek tumanida joylashgan.
Korporativ boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madad Invest Bank „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunning yangi tahriri 32-moddasiga binoan [6] 3 pogʻonali boshqaruv organi tomonidan boshqariladi:
- Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi;
- Bank Kuzatuv kengashi;
- Bank Boshqaruvi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bank boshqaruvining oliy organi boʻlib, bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarining maʼlum muddatda yigʻilib, vakolati doirasida bank uchun qarorlar qabul qiladi.
Bank Kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bank Boshqaruvining faoliyatini tekshiradi, hisobotlarini qabul qiladi.
Bank Boshqaruvi bankning ijro organi hisoblanib, kundalik faoliyatdagi barcha joriy faoliyatga javob beradi. Madad Invest Bank Boshqaruvi 3 kishidan iborat[7]:
- Ashiraliyev Otabek Yuldashaliyevich – Boshqaruv raisi (2021-yil 2-dekabrdan[8]);
- Muydinov Nuriddinbek Sharobidinovich – Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar departamenti direktori;
- Fozilov Boxodir Kamoldjon oʻgʻli – Bank kartalari va masofaviy toʻlovlar bilan ishlash departamenti direktori;
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ўзбекистон банклари 2022 йилда қарийб 10 трлн. сўм соф фойда олди“. Bankers.uz. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
- ↑ „"Madad Invest Bank" aksiyadorlik tijorat banki“. cbu.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „Fond reestri“. fgd.uz. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „Madad Invest Business“. play.google.com. Google Play. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „Filliallar va minibanklar“. madadinvestbank.uz. Madad Invest Bank. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „Bank Boshqaruvi tarkibi“. madadinvestbank.uz. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „Мадад Инвест банкка янги Бошқарув раиси тайинланди“. Bankers.uz. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
{{bank-stub
{{Oʻzbekiston banklari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://www.kun.uz/news/2024/07/17/yangi-toshkent-hududiga-otayotgan-mahallalar-soni-malum-qilindi
- https://kun.uz/67428006#!
- https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/22/new-life/
- https://yangihayottumani.uz/leadership/about-authority?child=about-leader-1&page=1
- https://lex.uz/docs/-5352500?query=Yangihayot%20tumani&exact=1#sr-1
- https://daryo.uz/2020/09/11/ozbekiston-senati-yangihayot-va-davlatobod-tumanlarini-tashkil-etish-haqidagi-qarorlarni-tasdiqladi
- https://daryo.uz/2020/08/05/sergelidagi-yangi-hayot-kichik-tumani-maydoni-poytaxt-va-toshkent-viloyatidagi-6-tuman-hududi-hisobiga-kengayadi/
- https://kun.uz/news/2016/04/29/toshkent-shahridagi-100dan-ortiq-mahalla-qayta-nomlandi
- https://lex.uz/ru/docs/-3071888
- https://lex.uz/ru/docs/-5686149 – Yunusobod tumani Gʻayratiy va Registon mahallalari
Alp Jamol bank
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Alp Jamol bank" XOATB – Oʻzbekistonda 1998—2010-yillarda faoliyat yuritgan xususiy bank. Mulkchilik shakli xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki.
Manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mustafo Kamol Otaturk koʻchasi, 21-uy
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 28-sentyabr 2-oktyabr kunlari Toshkent respublika fond birjasida Alp Jamol bankning 83 408,94 AQSh dollari qiymatidagi aksiyalari bilan savdo oʻtkazilgan. Bu kompaniyalar boʻyicha nisbatan koʻp amalga oshirilgan savdo deb hisoblangan[1].
2009-yil noyabrida bank Samarqand shahrida filial ochish uchun ruxsat oladi[2].
2010-yil 13-mart kuni Markaziy bank amaldagi bank qonunchiligini buzgani uchun Alp Jamol bankning bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini hamda chet el valyutasida operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyani qaytarib oldi[3].
2011-yil mart oyida Alp Jamol bankning koʻchmas va nokoʻchmas mulklari davlat foydasiga musodara etilgan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil may oyi holatiga koʻra, bank quyidagi omonatlarni taklif qilgan[5]:
| Omonat nomi | Valyuta turi | Yillik foizi | Muddati | |
|---|---|---|---|---|
| 1 | AQSh dollari | 7% | 3 oy | |
| 2 | AQSh dollari | 14% | 6 oy | |
| 3 | AQSh dollari | 14% | 12 oy | |
| 4 | Yevro | 11% | 6 oy | |
| 5 | Yevro | 11% | 12 oy | |
| 6 | Istiqlol | Soʻm | 18% | 3 oy |
| 7 | Nur | Soʻm | 18% | 45 kun / 3 oy / 6 oy / 9 oy / 12 oy |
2010-yil 1-yanvar holatiga koʻra, bank aktivlari 118,6 mlrd soʻmni, yuridik va jismoniy mijozlari soni 155 mingni tashkil qilgan[4].
Jinoyat ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bankning asosiy aksiyadori, Kuzatuv kengashi raisi Muhiddin Asomiddinov bank tugatilishidan oldin Oʻzbekistonni tark etgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-, 184- va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va keyinchalik uning qidiruvda boʻlganligi sababli toʻxtatilgan. 2019-yil yanvarda M. Asomiddinovning oʻz ixtiyori bilan qaytib, tergovga jalb qilinganligi sababli qayta tiklangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Итоги торгов на Республиканской Фондовой Бирже «Ташкент» с 28 сентября по 2 октября“ (ruscha). Bank.uz (2009-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
- ↑ „"Alp Jamol bank" Samarqandda filial ochmoqda“. Bank.uz (2009-yil 30-noyabr). Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
- ↑ „“Alp Jamol bank” litsenziyalari qaytarib olindi“. Bank.uz (2010-yil 17-mart). Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „«Alp Jamol bank» egasi O‘zbekistonga qaytdi“. Kun.uz. Web Expert (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
- ↑ „"Alp Jamol bank" Samarqandda filial ochmoqda“. Bank.uz (2009-yil 30-noyabr). Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://www.gazeta.uz/ru/2010/03/16/ajb/
- https://www.gazeta.uz/oz/2019/01/16/ajb/
- https://www.ozodlik.org/a/29711712.html
{{Oʻzbekiston banklari
Qarshi – Kerki yoʻnalishidagi Talimarjon sardobasi haqida baʼzi mulohazalar
Yuzyilliklar osha insoniyat oʻzi uchun suv inshootlarni qurib kelganligi tarixdan bizga malum. Bunga asosiy sabab ular doimo suvga boʻlgan ehtiyojdir. Jamiyki axeologik, arxetektura va boshqa madaniy meros obyektlarining suv yaqinlarida joylashganligi ham buni tasdiqlaydi. Bulardan tashqari shunday obyektlar borki, ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish uchun maxsus yaratilgan. Bu obidalarga sardobalar kiradi. Ular keng sahrolardan oʻtgan yoʻl yoqalarida va uzoq masofalar oraligʻida bunyod etilgan.
Sardoba soʻzi tarixiy hujjatlar va adabiyotlarda „yer osti salqinlik qozoni“ maʼnosida keltirilgan boʻlib, koʻpincha „grotto“, „muz uyi“, „yertoʻla“, „quduqxona“ maʼnosini ham anglatadi1. Boshqa bir manbada sardoba soʻzi „suv ustidagi tom“ tushunchasini beradi2. Odatda sardobalar karvonsaroylar va rabotlarga olib boradigan yoʻl boʻylarida qurilgan. Bir-biridan bir kunlik masofada (25 – 30 km) joylashgan bu sardobalar 20-yuzyillikning 30-yillarida M. Y. Masson, tomonidan tadqiq etilgan. Karvon savdosi rivojlanishi natijasida yarim yerosti suv havzalari-sardobalarga ehtiyoj ortib borgan3.
Talimarjon etimologiyasi Talimarjon Qarshi vohasining Amudaryodan Kerki kechuvida, Turkmaniston bilan chegara hududida joylashgan. Geografik jihatdan Talimarjon pasttekisligi – Sandiqli qum tepaliklari deganda, Nishon yoʻl patrul xizmati postidan boshlanib, qoʻshni Turkmanistonning Tallimarjon xoʻjaligigacha boʻlgan hududlarni qamrab olgan bepoyon (katta) sahro tushunilgan.
Shu oʻrinda Talimarjon etimologiyasiga ham toʻxtalsak. Talimarjon – tal (arabcha) – tepalik, doʻnglik, pastlik togʻ, tuproq va qum uyumi kabi maʼnolarni anglatadi. Turonda, shu jumladan, tall atamasi bilan tol daraxti nomi chalkashib ketgan4. Talimarjon soʻzining oʻzagidagi tal – tepalik, marjon – munchoqlar shodasi. Bunday kelib chiqib, Talimarjon „marjon tepalik“, „tepaliklar shodasi“ degan xulosaga kelish mumkin. Shu bilan birga Talimarjon soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha rivoyatlar ham mavjud. Bir rivoyatga koʻra, „Talimarjon“ soʻzi, „toli marjon“, yaʼni majnuntollar shodasi deyiladi. Tarixda bu yerlarda suv boʻlmagan. Bir paytlar Buxorodan Eron, Turkiyaga boradigan karvon yoʻli shu yerdan oʻtgan. Talimarjon yerdan Qarshigacha shu sahro ichida ot, tuya bilan 2 kunlik yoʻl, Amudaryogacha ham shuncha masofa. Shuning uchun Talimarjon quyiroqda, yaʼni Amudaryo tomonda qor-yomgʻir, doʻl-jala suvlarini bir joyga toʻplab sardoba qurganlar. Sardoba atrofiga kimdir qator qilib majnuntol qalamchalarini ekkan boʻlib, u uzoqdan yam-yashil marjon shodasiga oʻxshab koʻringan. Shuning uchun karvon qatnashchilari orasida bu yer: -"majnuntollar shodasi" yoki „tolli marjon“- deb atalib ketgan deyishadi5.
Qadimiy sardobalarni qurilish tarixi 9 – 10-yuzyilliklarga borib taqaladi. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Movarounnahrda 44 ta sardoba mavjud boʻlib, ulardan 29 ta Qarshi choʻlida, 3 ta Mirzachoʻlda, 1 ta Karmana yaqinidagi Choʻli Malikda tashkil qilingan. M. Y. Masson ham 7 ta sardoba haqida muhim maʼlumotlarni keltirib oʻtgan6. Samarqanddan boshlanib to Amudaryo kechuvlariga qarab boruvchi yoʻllar tizimida Janubiy Sugʻd, (Qashqadaryo viloyati) hududi orqali oʻtgan. Janubiy Sugʻd asosiy suv manbai Qashqadaryo havzasidagi Kesh, Nakshipa (Yerqoʻrgʻon), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutgan7. Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning oʻrta oqimidagi kechuvlarga olib chiquvchi yoʻllar Sugʻdning mintaqaviy ahamiyatga ega karvon yoʻllaridan biri boʻlgan8.
Soʻngi oʻrta yuzyilliklarda Qarshidan Amudaryo kechuvlari – Kerki va Kelifga ketuvchi yoʻllardan samarali foydalanilganligi bois, bu yoʻllarning iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatini yaxshi anglagan Abdullaxon II (1583 – 1598) Qarshi va Amudaryo oraligʻidagi choʻlda koʻplab sardobalar qurdirgan. Ular Qarshi – Kerki va Qarshi – Kelif savdo yoʻlining yoʻnalishini aniqlashtirishda katta oʻrin tutgan.
Qarshi sardobasi Qarshi-Kerki yoʻnalishidagi dastlabki sardoba Qarshi shahrining Registon maydonida joylashgan. Sardoba gumbazining tashqi diametri 14 m, balandligi esa 7 m.ni tashkil etadi3. Qarshi sardobasi shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan yil boʻyi taʼminlagan. Bu sardobaning yana bir xususiyati shundaki, u yomgʻir va qor suvlaridan emas, Fayzaobod arigʻining suvidan toʻldirilgan6.
Eski Nishon Qarshi – Kerki yoʻnalishdagi yirik bekat Eski Nishon hududidagi rabot va sardobadan iborat boʻlgan. Eski Nishonda Abdullaxon II tomonidan sardoba va rabot qurilgan boʻlib, vengeriyalik sayyoh A. Vamberi 19-yuzyillikning 60-yillarida bu yerdan oʻtganda, tunning yarimini sardoba xarobalarida orasida oʻtkazganini va ular Abdullaxon davridan bera mavjudligini taʼkidlab oʻtgan9. Professor Oʻ. Mavlonovning maʼlumotlariga koʻra, 20–yuzyillikning 60-yillarida sardoba butunlay buzib tashlangan, uning xarobalari Eski Nishon qishlogʻidan 3-4 km janubi-sharqda joylashgan8.
Sangir Suvloq Bu yoʻnalishdagi keyingi manzil, Talimarjon sardobasidir. Biz bu haqda keyinroq toʻxtalib oʻtamiz. Qarshi – Kerki yoʻnalishidagi eng yirik inshoot boʻlgan Sangir Suvloq sardobasi boʻlib, Turkmanistoning Lebap viloyati Tallimarjon xoʻjaligida10, Talimarjon sardobasidan taxminan 25-26 km janubi-gʻarbda, joylashgan. Bu sardobani oʻz koʻzi bilan koʻrgan A.Vamberi quyidagilarni aytib oʻtadi: „Tushdan ancha oldin Sangir Suvloq sardobasiga yetib keldik“. Shuningdek, suvni topishga shubha qilgani va keyin suvni topib, eshaklarga zaxira suv yuklaganlarini aytib oʻtadi. "Sardobaning gumbazi baland, yoshi ikki yuz yildan ortiq boʻlishiga qaramay mutlaqo buzilmagan holda saqlanib qolgan sardoba bahor oyida tepasiga qadar toʻldiriladi. Hozirda uning chuqurligi bor-yoʻgʻi 3 futni tashkil qiladi. Uning atrofida oʻzbeklarning qoʻngʻirot va nayman urugʻlariga tegishli 200 ga yaqin oʻtovlari joy olgan. Sardobaning eni 12 m, chuqurligi esa 5,5 m tashkil qilgan. Sangir Suvloq sardobasida Qarshidan keluvchi yoʻl ikkiga ajraladi va biri Kerkiga, ikkinchisi Kelif kechuviga olib borgan3.
Talimarjon sardobasi Talimarjon suv omborining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Talimarjon sardobasi, suv omborning suv sathi pasayganda kuzatish mumkin. Boshqa paytlarda esa suv ostiga koʻmilib qoladi. Sardoba ayrim sabablarga koʻra haligachacha toʻliq oʻrganilmagan. Ammo arxeolog M. Y. Masson Talimarjon sardobasiga oid maʼlumotlar adabiyotlarda uchramasligi shuningdek, sardoba suvi tez-tez qurib qolishi haqida qisqacha toʻxtalib oʻtgan3. Hozirgi Talimarjon shaharchasidan taxminan 10-12 km shimoli-sharqda, Talimarjon suv omborning havzasida oʻrta yuzyilliklar davri sardobasining gumbazi vayron qilingan, poydevori saqlangan yodgorlik mavjud ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu sardoba yarim vayrona holda atrofida oʻrta yuzyilliklarga doir pishiq gʻisht boʻlaklari, aniq yer yuzasida koʻrinib turibdi. Bu esa aniqlangan sardoba atrofida oʻziga xos relef koʻrinishiga ega boʻlgan. Har bir sochilib yotgan gʻishtlar alohida kichik doʻngliklarni hosil qilgan. Bularning hammasi yarim xaroba holatida saqlanib qolgan. Sardoba esa bu qoldiqlardan nisbatan pastlikda, chuqur nuqtada joylashgan. Sardoba va uning atrofida saqlangan arxeologik qoldiqlar (gʻishtlar) orasida oʻrta yuzyilliklarga oid sopollar ham uchraydi.
Tarhi Sardoba gumbazining hovuzga tutashgan qismi bir tekisda boʻlib, Sardobaning hovuz qismi yaxshi saqlangan, ichida loyqa suv hosil qilgan qurigan loyqa saqlangan. Hovuzning ichki diametri 12 m, tashqi diametri 15 m, devorning qalinligi diametr boʻylab 1,1 m dan 1,4 metrgacha tashkil etadi. Hovuzning saqlangan chuqurligi 2,35-2,55 metrni tashkil etadi. Sardoba 24x24x5-6 sm, 25x25x5-6 sm oʻlchamdagi pishiq gʻishtdan qurilgan.
Sardoba atrofida saqlangan boshqa arxeologik qoldiqlar ham koʻzga tashlanadi. Bular yuqorida taʼkidlaganimizdek bir-biriga yaqin oʻrta yuzyilliklar davri pishiq gʻishtlarining sochilib yotgan kichik doʻngliklaridan iborat qoldiqlar. Bu kichik doʻngliklar sardoba atrofida joylashgan. Topilmalar asosiy qismini suv idishlarining tutqichlari, tag va boʻgʻiz qismlari yoki uning qorin qismi boʻlaklari, bundan tashqari sirlangan, sirlanmagan sopol boʻlaklari va gulxanda kuygan sopol buyumlarning siniqlari ham uchraydi. Kuygan sopollarni qozon parchalari deb taxmin qilish mumkin. Shuningdek, oʻrta yuzyilliklarga oid shisha idishlarining boʻlaklari ham topildi. Suv idishlarining tutqichlari turli xil oʻlchamda, loyi pishirilgan qizgʻish pishiq loydan tayyorlangan. Koʻrinishidan xumdonda pishirilgan. Suv idishlarining qorin qismi boʻlaklari ham turli xil qalinliklardan iborat. Keyingi topilmalar sirasiga xoʻjalik va oshxona buyumlari kiradi. Bular turli xil oshxona idishlarining qoldiqlari boʻlib, ularning sirtiga taroqsimon naqshlar bilan birga bosma uslub bilan oʻsimliksimon naqsh tushirilgan. Ularning sirtiga och sariq angob berilgan. Ularning ichida koʻproq bosma uslubda naqsh berilgan nozik sopol boʻlaklari koʻp uchraydi. Bir holatda kichkina idishning lab qismiga toʻlqinsimon shaklda naqsh berilgan. Shuningdek topilmalar ichida sirlangan sopollar boʻlaklari ham oʻrganildi. Bular asosan sopol idishlarining devor boʻlaklari boʻlib, dagʻal sirlangan boʻlib, toʻq yashil, toʻq koʻk va koʻk ranglardan tashkil topgan. Bir holatda sopol boʻlagining ikki tomoni ham yorqin oq sir berilgan sopol boʻlagini ham uchratdik. Yana bir sopol boʻlagining tashqi tomoni yashil rangda sirlangan, ichkari qismida esa toʻq sariq rang berilgan. Qoramtir rangli toshdan yasalgan idishning lab qismi ham uchraydi. Uning lab va qorin qismi tutashgan qismida maxsus qilingan tishik chiqarilgan. Boshqa topilmalar ichida chaqmoqtoshning boʻlagi ham uchraydi. Chaqmoqtosh ikki tomoni maxsus ishlov berilgan. Topilmalarning tasnifi 12 va 14 – 15-yuzyilliklarga oid. Topilmalar sardoba joylashgan hudud atrofidan koʻtarma material sifatida olindi. Bosma naqshlar tushirilgan sopollar XII yuzyillikga oid, bu esa Talimarjon sardobasining shu davrga oidligini dalili sifatida keltirishimiz mumkin. „Google map“ dan olingan kosmik suratlar tahlil qilinganda qadimda sardobani suv bilan taminlab turgan kanal yoki ariqning uzanini ham koʻrish mumkin. Talimarjon sardobasining qurilish tarhiga toʻxtalsak, sardobaga kirish qismi Raboti Malik sardobasiga oʻxshash. Sardobaning atrofida uchraydigan alohida turgan kichkina doʻngliklar, ustida turgan sochilib yotgan gʻisht boʻlaklari karvonsaroy va boshqa xizmat koʻrsatuvchi inshootlarning qoldiqlari deb taxmin qilish mumkin. Karvonsaroy 36x17x6-7 sm oʻlchamdagi pishiq gʻishtlardan qurilgan. Odatda sardobalar qurilgan joylarda karvonsaroylar ham qurilgan. Oʻzbekiston hududining tarixiy shaharlari va xususan bu oʻlka orqali oʻtgan Buyuk ipak yoʻlini karvonsaroylarsiz tasavvur qilish qiyin.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki bizga maʼlum boʻlgan Talimarjon suv ombori havzasidagi arxeologik qoldiqlar muqaddam tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilmagan. Bu yodgorlik oʻzining tadqiqotchisini kutib turibdi albatta. Sardoba Qarshi-Kerki savdo yoʻlidagi muhim ahamiyatga ega yodgorliklari sirasiga kiradi.
Adabiyotlar 1. Uralov A. S. K voprosu o tipologii sardobi // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. № 11-12. 1996. S. 82 110 s.
2. Duxovniy V. A., Yup L. G. de Shutter. Voda v Tsentralnoy Azii. Proshloe, nastoyaщee i buduщee. Almati. Qazaq universitetі, 2018. 468 s.
3. M.Ye. Masson Problema izucheniya sistern-sardoba Tashkent. 1935. S 31-34.
4. Qorayev S. Toponimika Toshkent. 2006. 218 b.
5. Fayzullayev M., Primov U. Talimarjon afsonasi. Qarshi. 2019. 180 b.
6. Ravshanov P. Qarshi tarixi-T., 2006. 508 b.
7. Suleymanov R. X. Drevniy Naxshab Problemq sivilizatsii uzbekistana VII v. Do n.e. – VII v. n. e. Samarkand – Tashkent 2000. S 74-75.
8. Mavlonov Oʻ.M. Markaziy Osiyoning kadimgi yoʻllari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Monografiya. -T.: Akademiya, 2008. 193-bet.
9. Vamberi A. Puteshestvie po Sredney Azii. – SPb., 1865. s. 107.
10. Türkmenistanyň Medeniýet ministrligi https://medeniyet.gov.tm/tk/sigle-news/931