Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi
Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi | |
Buxoro Muzeyi | |
Asos solingan sanasi | 1922-yil |
---|---|
Ochilgan sanasi | 8-noyabr |
Asos soluvchi | Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Maorif Nozirligi Qori Yoʻldosh Poʻlatov |
Manzili | Buxoro shahar Abu Havs Kabir koʻchasi |
Yillik tashrif buyuruvchilar | 800 ming |
Sayti | https://www.bukharamuseums.uz |
Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi (Buxoro muzeyi (1922—1947); Buxoro oʻlkani oʻrganish muzeyi (1947—1983); Buxoro davlat badiiy-meʼmorchilik muzey-qoʻriqxonasi (1983—2017) — Oʻzbekistonning Buxoro viloyatidagi barcha 18 ta muzeyni va bir necha tarixiy yodgorliklarni birlashtirib turuvchi davlat ilmiy, maʼrifiy-madaniy muassasasi. Asosiy faoliyati tarixiy ashyolarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish, oʻrganish, targʻib qilish hamda kelgusi avlodga yetkazishdan iborat.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoroda dastlabki muzey 1922-yilda tashkil topgan. Buxoroda muzey ochish va muzey uchun mos bino tanlash masalasi 1920-yildan boshlab olimlar oʻrtasida muhokamada boʻladi. Muzey binosi uchun Buxoro amirlarinining yozgi saroyi, Ark qal’asi, Rus-Osiyo banki binosi, Teart binosi kabilar tanlanadi. Qori Yoʻldosh Poʻlatov va boshqa ziyolilarning faol harakatlari natijasida 1922-yil 8-noyabrda oldingi Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki binosida tashkil qilinadi[1]. Ammo moliyaviy muammolar sabab muzey oʻz faoliyatini keyingi yillarda toʻxtatishiga toʻgʻri keladi. Muso Saidjonov rahbarligida 1927-yilda Koʻkaldosh madrasasining ichki hovlisida muzey uchun yevropacha uslubda yangi bino quriladi. Shu davrdan boshlab muzey oʻz faoliyatini toʻxtatmadi.
Sobiq ittifoq davrida muzey faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr oxiri va XXI asr boshida muzey faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro muzeyi bugungi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey bosh binosi tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh binosi Buxoro hukmdorlarining qarorgohi Ark qal’asida joylashgan. Ark qal’asining 4 gektarga yaqin maydonni tashkil qilib, uning 1 gektaridan bugungi kunda muzey sifatida foydalanilmoqda. Qolgan 3 gektar maydoni arxeologik qoʻriqxona hisoblanadi. Muzey sifatida foydalanilayotgan hudud quyidagicha qismlardan iborat:
Hovlilar | Boʻlimlar | Koʻrgazma nomi |
---|---|---|
Dolon-usti berk yoʻlak, Obxona, Kanaxona, Regxona | ||
Jome masjidi | „Tarix“ ilmiy boʻlimi | „Muqaddas kitob talqini“ |
Taxt hovlisi — „Marosimxona“ | ||
Salomxona | „Tarix“ ilmiy boʻlimi | „Buxoro vohasining zamonaviy va oʻrta asrlar tarixi“ ekspozitsiyasi |
Salomxona | „Tarix“ ilmiy boʻlimi | „Buxoro xonligi/amirligi tarixi“ekspozitsiyasi |
Salomxona | „Tarix“ ilmiy boʻlimi | „Numizmatika va epigrafiya“ ekspozitsiyasi |
Otxona | Etnografiya va sanʼat ilmiy boʻlimi | „XIX asr oxiri- XX asr boshi saroy harbiylari va ot anjomlari tarixi“ ekspozitsiyasi |
Qushbegi hovlisi | Etnografiya va sanʼat ilmiy boʻlimi | „Buxoro misgarligi va zargarlik tarixi“ ekspozitsiyasi |
Qushbegi hovlisi | „Tarix“ ilmiy boʻlimi | „Arxeologiya“ ekspozitsiyasi |
Qushbegi hovlisi | Tabiat ilmiy boʻlimi | „Buxoro vohasi Tabiati va tabiiy boyliklari“ ekspozitsiyasi |
Direktorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahmudov
Almiyev Robert Valievich (1983—2012)
Zikrillaev Abdurashid Nematovich (2012—2019)
Nasimov Bahrom Bahodirovich (2020-yildan)
Muzey xodimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filiallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ark viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Abu Xavs Kabir koʻchasi № 2 uy.
Telefon: +99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′40″ s. sh. 64°24′39″ v. d.
Sitorai Moxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Moxi Xossa shohkoʻchasi № 47 uy.
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°48′46″ s. sh. 64°26′29″ v. d.
Buxoro gilamlar tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Arabon (Mehtar Ambar) koʻchasi, Magʻoki Attor masjidi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′23″ s. sh. 64°25′06″ v. d.
Buxoro suv taʼminoti tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Muxtor Ashrafiy (Pistashikanon) koʻchasi, „Istirohat“ bogʻi, Chashmayi Ayyub maqbarasi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′41″ s. sh. 64°24′08″ v. d.
Buxoro Tasviriy sanʼat muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, II passaj
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′20″ s. sh. 64°24′59″ v. d.
Imom al-Buxoriy memorial muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Muxtor Ashrafiy (Pistashikanon) koʻchasi, „Istirohat“ bogʻi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′41″ s. sh. 64°24′08″ v. d.
Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Mehtar Ambar koʻchasi, Koʻkaldosh madrasasi hujralari
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′23″ s. sh. 64°25′12″ v. d.
Qadimgi Varaxsha va kulolchilik sanʼati tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi,
Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi xonaqosi Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′22″ s. sh. 64°25′10″ v. d.
Qadimgi Poykent tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani „Sayyot“ MFY Shoʻobod qishlogʻi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°58′54″ s. sh. 64°01′00″ v. d.
Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati Peshku tumani „Afshona“ MFY Afshona qishlogʻi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°59’39.7"N 64°22’50.8"E
Romitan tuman tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati Romitan tumani Muhammad Samosiy koʻchasi, 4 uy
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°55’44.3"N 64°22’44.9"E
Fayzulla Xoʻjayev (Buxorolik boy savdogar) uy-muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Abdulla Toʻqay koʻchasi, № 70 uy
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39.769133, 64.412896
Mutal Burxonov uy-muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, 1/182 uy, 2-xonadon
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39.769075, 64.453263
Buxoro yogʻoch oʻymakorligi sanʼati tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Xoʻja Nurobod koʻchasi, 31 uy,
Abdulazizxon madrasasi masjidi Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′33″ s. sh. 64°25′04″ v. d.
Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Xoʻja Nurobod koʻchasi, 29 uy,
Ulugʻbek madrasasi darsxonasi Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′35″ s. sh. 64°25′03″ v. d.
Buxoro temirchilik hunari tarixi muzey-ustaxonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Haqiqat (Mehtar Ambar) koʻchasi, 2
Kulita karvonsaroyi otxonasi Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′25″ s. sh. 64°25′02″ v. d.
Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahar, Mirzo Sahbo (Mirzo Usmon) koʻchasi, 17 uy
„Zindon“ obidasi Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°46′44″ s. sh. 64°24′50″ v. d.
Naqshbandiya tariqati muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manzil:Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati Kogon tumani, Niyoz Hoji MFY, Qasri Orifon qishlogʻi Bahouddin Naqshband hazirasi, Doniyolbiy madrasasi
Telefon:+99865-224-13-49 Veb sayt:http://bukharamuseums.uz/ (Wayback Machine saytida 2023-03-26 sanasida arxivlangan) Xaritadagi kordinatorlari:39°48′03″ s. sh. 64°32′11″ v. d.
Boʻlimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqaruv apparati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyning boshqaruv apparatiga quyidagilar kiradi: Direktor, umumiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, ilmiy ishlar boʻyicha derektor oʻrinbosari,Bosh muxofiz, ilmiy kotib, kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis, kotib, texnik ishlar boʻyicha mas’ul, Bosh bugʻalter