Ignatiy Krachkovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ignatiy Yulianovich Krachkovskiy [1883.4(16).3, Vilno, hozirgi Vilnyus — 1951.24.1, hozirgi Sankt-Peterburg] — rus sharqshunosi. SSSR FAakad. (1921). Bir necha chet el akademiyalari va sharqshunoslik jamiyatlarining aʼzosi, zamonaviy rus sharqshunosligining asoschilaridan biri. Peterburg universitetining sharq tillari fakultetini tugatgan (1905). Petrograd universitetining professor (1918-yildan). K. arab tili va adabiyotini, fors, turk, habash (efiop), lotin, yahudiy va yava bir necha gʻarb tillarini bilgan. Arab adabiyoti, tili, tarixi va madaniyatiga, Rossiya va chet ellardagi sharqshunoslik tarixiga oid 400 dan ziyod ilmiy asar yozgan. K. islomgacha boʻlgan davrdan 18-asrgacha yashagan arab geograflari haqidagi yirik asari („Arab geografik adabiyoti“)da jahon fanida Beruniy, Ibn Sino kabi arabnavis mutafakkirlarning turli fan sohalari taraqqiyotidagi buyuk xizmatlarini koʻrsatib berdi. K. 1931-yildan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Oʻrta Osiyo tarixiga oid arab manbalarini toʻplash boʻyicha SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan tashqil etilgan komissiyaga boshchilik qildi. Uning rahbarligida turkman xalqi tarixiga oid arabcha matnlarning tarjimasi eʼlon qilindi (1939). K. va uning rafiqasi V.A.Krachkovskaya tomonidan vashr etilgan arab tilidagi hujjatlar majmui — „Soʻgʻdiyova toʻplami“ Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda muaiyan ahamiyatga ega. K. "Qurʼonni adabiy manba sifatida rus tiliga tarjima qildi; „Ming bir kecha“, „Kalila va Dimva“ va boshqa asarlarni rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etdi. K. rus sharqshunosligi, rus-arab aloqalari tarixini yoritib beruvchi muhim tadqiqotlarning („Arab qoʻlyozmalari ustida“, 1945, keyinchalik bir necha marta nashr etilgan; „Rus arabshunosligi tarixi ocherklari“, 1950 va boshqalar) muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izbrannie sochineniya, t. 1—6, M.— L., 1955-1960.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil