Kontent qismiga oʻtish

Issiqlik elektr markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Issiqlik elektr markazi (IEM) — elektr energiyasi bilan birga issiq suv va bugʻ ishlab chiqaradigan isiqlik elektr stansiyasi. Asosiy energe-) tik agregatlari qatoriga suv yuradigan quvur (truba) lar batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbinalari, turbogeneratorlar va bugʻ turbinalarida ish bajargan issiqlikni isteʼmolchilarga yuboradigan qurilmalar kiradi. IEM larda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi organik yoqilgʻilar ajratgan issiqlik qozon tizimida suvni yuqori bosimli bugʻga aylantiradi. Bugʻ bosimi tatlirida turbinalarning; parraklari generatorlarni harakatga keltiradi, natijada issiqlik energiyasi turbina (bug dvigateli) vositasida mexanik energiyaga aylanadi, generator esa uni elektr energiyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k. issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan keskin yuqori, yaʼni t|=60—70% ga teng . Bunga erishish uchun IEM turbinalaridan oʻtib ish bajargan bugʻning bir qismigina sovitkichlar vositasida qayta suvga aylantirilib qozon tizimiga yuboriladi, qolgan qismi esa sanoat korxonalari ehtiyojlariga hamda uy-joylarni isitishga sarflanadi. IEM butun shahar, tuman mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy binolarini, maishiy muassasalarni elektr energiyasi, issiq suv bilan taʼminlash va isitishga xizmat qiladi. Faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan issiqlik elektr st-yalariga nisbatan IEM iqtisodiy jihatdan ancha tejamli, unda 20—25% yoqilgʻi kam sarflanadi, qulay. Turbinalardan sanoat korxonalariga beriladigan bugʻning mutlaq bosimi 8—16 at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5 at. IEM da yoqilgʻi sifatida koʻmir, gaz, mazut va b. ishlatiladi. Ularda temperaturasi 565°, bosimi 130 at. gacha boʻlgan bugʻdan foydalaniladi.

IEMning ishi avtomatlashtirilgan. Gaz turbinalari va yadro elektr styalarini ham IEM tipida qurish mumkin[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil