O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
Ishga tushgan sanasi 2003-yil
Joylashuvi Toshkent Oʻzbekiston
Vebsayti oav.uz

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi (OʻEOAVMU) Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik nodavlat notijorat ommaviy axborot vositalari tashkiloti hisoblanadi. U Oʻzbekistonning 100 dan ziyod nodavlat teleradiostansiyalari va kabel televideniyesi studiyalarini jipslashtiradi.

Uyushma maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sivilizasiyalashgan eshittirish bozorini shakllantirish, nodavlat telestansiyalar, efir kontent sifati va rang-barangligini oshirish, teleradioeshittirishlar faoliyatini shaklllantirish.
  • Assosiasiya a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bevosita faoliyatida qoʻllab-quvvatlash, huquqiy kafolatlarini muvofiqlashtirish va ta’minlash.
  • Oʻquv seminar-trening oʻtkazish orqali ijodiy va texnik ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish. Xorijiy murabbiylarni jalb etish, teleradiostansiyalarning yosh ijodiy va texnik xodimlari malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash.
  • OAV sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida suratga olish jarayonida xorijiy telekanallar va telestudiyalarni qoʻllab-quvvatlash.

Uyushma aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assosiasiyaga 18 ta milliy telekanal, 19 ta radiokanal, 100 ta elektron OAV - Oʻzbekiston kabel televideniyesi a’zolari (52 ta xorijiy kanallar) kiradi. OʻEOAVMA a’zolari orasida Sevimli TV, ZOR TV, MY5 va Uzreport telekanallari bor.

Uyushma hamkorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyushma tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rahbariyat
  • Ekspertlar kengashi
  • Taftish hay’ati
  • Televideniye sektori
  • Radioeshittirish sektori
  • Axborot sektori

Loyiha va filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Euronews, Rossiya-madaniyati, CNBC[1], BBC telekanallari bilan hamkorlikda “Nukus. Noma’lum jamgʻarma”, “Oʻzbekiston. Ochiq topilmalar”, “Oʻzbekiston: muhabbat haqida afsona”, “Oʻzbekiston. Qumlar va togʻlar ortida”, “Oʻzbekiston – qumlar javohiri”[2], “Qoraqalpogʻiston. Qumlar zamonida”[3], “Kattalangar Qur’oni: Fakt va afsonalar”.
  • 2017-yil oktabr oyida Tomson Reyters xalqaro axborot agentligi bilan shartnoma imzolandi. Hamkorlik natijasi 9 oylik axborotlar toʻplamiga kirish huquqini qoʻlga kiritish va xalqaro maydonda roʻy berayotgan eng soʻnggi va dolzarb yangiliklarni translyasiya qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
  • YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi OʻEOAVMU va BBC Media Action  tashabbusi bilan “Oʻzbek ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash salohiyatini kuchaytirish” loyihasi amalga oshirildi.
  • YUNICEF va OʻEOAVMU oʻrtasida Oʻzbekistonda ayollar va bolalar turmush tarzini hamda farovonligini yaxshilashga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirildi[4].
  • Jurnalistlarning zamonaviy multimedia maktabini yaratish[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]