Kontent qismiga oʻtish

Issiqlik elektr stansiyalari (korxona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 27-mart, 2019-yil (5 yil avval) (2019-03-27)
Joylashuvi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 23-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Bahodir Jo'rayev
Vebsayti uzgastrade.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

„Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ (inglizcha: "Thermal power plants" JSC; ruscha: "Тепловые электростанции" AO) — respublika iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona. Jamiyat tarkibiga 4 ta issiqlik elektr stansiyasi, 3 ta issiqlik elektr markazi, 3 ta soha korxonasiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va „Тоshkent issiqlik markazi“ MCHJ kiradi.

2024-yilning 5-iyuniga koʻra „Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 13,310 trn soʻmni tashkil etadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli „Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan „O'zbekenergo“ aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi bilan „Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyati taʼsis etilgan[2].

„Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2022-yilda 55,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 5,3 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan. Jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 2023-yilda 54,2 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 12,03 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.

2024-yilda 29,064 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 4,44 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Joʻrayev Bahodir Ibragimovich – AJ boshqaruv raisi[3][4][5].
  • Axunov Ozod Odilovich – AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari.
  • Djurayev Abduhamid Turabbaevich – AJ boshqaruvi raisining iqtisod boʻyicha oʻrinbosari.
  • Shaismatov Fayzulla Ergashevich – AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]