Butanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butanlar — toʻyingan uglevodorodlar, umumiy formulasi S4N|0. Mol. m. 58,123, rangsiz va hidsiz gaz. Ikki izomeri maʼlum: normal butan SN3— SN2SN2SN3 va izobutan —SN—SN3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. toʻyingan alifatik uglevodorodlardir. Ular neftni qayta ishlash vaqtida chiqadigan gazlar tarkibida uchraydi. Normal butanni katalizator ishtirokida izomerlab izobutan, degidrogenlab divinil (kauchuk monomeri) va boshqa toʻyinmagan uglevodorodlar olish mumkin. Izobutanni alkillab, neogeksan va izooktan olinadi. B. motor yonilgʻilarining yuqori oktanli komponenti, buten, sirka kislota, malein angidrid olishda xom ashyo, uning propan va boshqa uglevodorodlar bilan aralashmasi gaz yonilgi sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil