Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km². Axrlisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuVelyu sh. R.ning katta qismi Braziliya yassitogʻligining shim.gʻarbiy qismi, shim. Amazonka pasttekisligidan iborat. Iklimi ekvatorial, issiq va nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 23—24°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Ekvatorial oʻrmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini oʻrmon xoʻjaligi tashkil qiladi: kauchuk, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi, ovchilik bilan shugʻullaniladi. Togʻ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.[1]