Matu-Grosu-du-Sul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matu-Grosu-du-Sul
port. Mato Grosso do Sul
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Shtat
Tegishli Markaziy-gʻarbiy hudud
Tarkibida — 4 mezoregion;
- 11 mikroregion;
- 79 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kampu-Grandi
Gubernator port. André Puccinelli
Vitse-Gubernator port. Simone Tebet
Senatorlar port. Delcídio Amaral
port. Antonio Russo Netto
port. Waldemir Moka
YAIM (2009) R$36 368 000[1]  (14-oʻrin)
Rasmiy tillar Portugal
Aholi (2010 год) 2 449 024[2]
Zichligi 6,86[2] kishi./km²
Dinlar tarkibi преимущественно католики
Maydoni 357 145,8[3] km² (6-oʻrin)
Matu-Grosu-du-Sul xaritada
Matu-Grosu-du-Sul, Xarita
Soat mintaqasi GMT-4
Kod ISO 3166-2 BR-MS
Pochta indeksi 79000-000 по 79990-000
[ms.gov.br Rasmiy sayti]
Izoh: 

Matu-grosu-du-sul - Braziliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat, Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh. Maydoni 358,1 ming km². Aholisi 2,07 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampu-Grandi shahri Shtat Braziliya yassitogʻligining jan.-gʻarbiy chekkasi va Pantanal botigʻining jan.da joylashgan. Yozi sernam, tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperaturalar 22—26°. Yillik yogʻin 1000–1800 mm. Shtat jan.da tuprogʻi toʻq qizil laterit tuproq. Oʻsimliklari past boʻyli savannalar, daryo vodiylari oʻrmonlar, Pantanal tropik botqoqliklardan iborat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Sholi, soya, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkakli ekinlar ekiladi, kofe plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Korumba shahri yaqinida yirik temir va marganets rudasi konlari topilgan. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Kampu-Grandi va Korumba shaharlari. Asosiy aloqa Parana va Paragvay daryolari va ularning irmoqlari, temir yoʻl va havo transporta orqali amalga oshiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil