Kontent qismiga oʻtish

Espiritu-Santu

Koordinatalari: 20°19′08″S 40°20′16″W / 20.31889°S 40.33778°W / -20.31889; -40.33778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Espiritu-Santu
portugalcha: Espírito Santo

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Vitoriya
Aholi (2010) 3 514 952 kishi
Zichligi 76,25 kishi./km²
Maydoni 46 098,6 km² (23-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-ES
Rasmiy sayti http://www.es.gov.br
Xaritada
Espiritu-Santu xaritada
Espiritu-Santu, Xarita
20°19′08″S 40°20′16″W / 20.31889°S 40.33778°W / -20.31889; -40.33778

Espiritusantu — Braziliyaning sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 46,2 ming km². Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vitoriya shahri Shtatning gʻarbiy qismini Braziliya yassitogʻligi, sharqini botqoqlashgan Atlantikaboʻyi pasttekisligi egallagan. Iklimi tropik, pasttekislikda issiq va sernam (oʻrtacha oylik tralar 20—26°, yillik yogʻin 1500–1700 mm), yassitogʻlikda salqinroq, yillik yogʻin 1000–1200 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, sohil qismida aralash tropik oʻrmonlar bor.[1]

Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Kofe, sitrus mevalar va kakao plantatsiyalari bor. Shuningdek, shakarqamish, sholi, maniok, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, tamaki ham yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan tarkibida toriy, uran va sirkoniy boʻlgan monatsit qumlar, plavikli shpat, marmar konlari, mineral suvli buloqlar bor. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Tashqi savdo aylanmasida Vitoriya dengiz porti muhim ahamiyatga ega.[2]




  1. http://ftp.ibge.gov.br/Estimativas_de_Populacao/Estimativas_2018/estimativa_dou_2018_20181019.pdf
  2. http://www.ibge.gov.br/home/estatistica/populacao/estimativa2012/estimativa_dou.shtm