Piaui — Braziliyaning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 252,3 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Terezina shahri P. Braziliya yassitogʻligining shim. yon bagʻirlarida joylashgan. Relyefining aksari qismi qumli plato boʻlib, balandligi 200– 500 m. Iqlimi tropik, qurgʻoqchil iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yillik yogʻin 400 mm, shimolida 1500 mm gacha. Iqtisodiyotining yetakchi tarmoklari — oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi Soxdl qismi va Parnaiba daryosi vodiylarida mak-kajoʻxori, dukkaklilar, paxta, sholi, maniok, shakarqamish, tamaki ekiladi. Chorvachilikda choʻchqa, echki, qoʻy bo-qiladi. Shtat palma moyi ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat, koʻn-teri, paxta tozalash korxonalari mavjud. Dengiz suvidan tuz, gips olinadi. Mineral buloklar bor.[1]