Serjipi — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 22 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.[1]