Oqsuv (shahar, Pavlodar viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oqsuv
shahar
qoz. Ақсу
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
52°2′0″N 76°55′0″E / 52.03333°N 76.91667°E / 52.03333; 76.91667Koordinatalari: 52°2′0″N 76°55′0″E / 52.03333°N 76.91667°E / 52.03333; 76.91667
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Pavlodar viloyati
Hukumat
 • Akim Bakauov Bo'lat Jumabekovich
Asos solingan 1897-1899
Avvalgi nomlari Glinka, Yermak
Maydon 8089,66 km2
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2012)
45 845
Milliy tarkib qozoqlar 44,41 %
ruslar 39,83 %
ukrainlar 5,85 %
olmonlar 3,54 %
tatarlar 2,02 %
beloruslar 1,06 % [1][2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71837[4]
Pochta indeks(lar)i 140100 [5]
Avtomobil kodi S, 14
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Oqsuv на карте
Oqsuv
Oqsuv

Oqsuv - (qoz. Ақсу) (1993-yilgacha — Yermak) — Qozogʻiston Respublikasi Pavlodar viloyatida markazi sanalmish Pavlodar shahridan janubgacha 50 km uzoqlikda, Irtishning soʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shahar hududi shimolida Aqtoʻgʻay tumani bilan, janubida Bayanaul, May, Lebyaji tumanlari bilan, gʻarbiy tomonidan — Pavlodar bilan, sharqiy tomonida — Ekibastuz shahri bilan chegaradosh. Aholisi shahar atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshganda — taxminan 70 ming kishi.

Tarixi[tahrir]

Mustaqillik stelasi

Aqsuning tarixi Ekibastuz tumanining tosh koʻmiri koni ochilishi bilan bogʻliq. 1897-yili Ekibastuzdan 109 km temir yoʻlining qurulishi boshlandi. Voskresensk temir yoʻli boʻlajak shaharning hududidan oʻtdi. Koʻchib kelayotgan ishchilar mahalliy materiallardan: soz balchiqdan, qamishdan va somondan oʻzlariga uy sola boshlashdi. Yangi yuzyillik boshida № 5 qozoq qishlogʻi bilan birga Qizil-Shirpi qoyalarida Glinka nomli soz bolchiqdan solingan uylardan kichkina qishloqcha paydo boʻldi.

1911-yili ishchilar kentining aholisi 1000 kishiga etdi. 1913-yili Glinka kentaga dala oʻlkasi gubernatorining farmoniga binoan Yermak nomi berildi. Voskresensk Glinka kenti va Yermak kenti nomi bilan atala boshladi.

Yermakda Chor hukumatini Pavlodar xalq komissarlari kengashi jamoatlashtirilgandan keyin 1919-yilning noyabrida oʻrnadi. 1922-yilgacha Pavlodar uezining boʻlis markazi boʻldi, u erda 1289 kishi istiqomat qilishdi, 1938-yili Yermak qishlogʻi markazi boʻlib, Kaganovich tumani tashkil topdi.

Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1961-yilgi 23-oktyabrdagi Farmoni bilan Yermak kentiga viloayat ahamiyatiga ega maqomi berildi.

Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 1993-yilgi 4-maydagi TN № 2189-XII Farmoni asosisa Yermak shahrining nomini Aqsu nomiga oʻzgartirildi.

Aholisi[tahrir]

Shahar aholisining soni atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshganda 68 522 kishini tashkil qildi, shahar aholisining soni esa — 45 845 kishi (2012-yil) qishloq aholisi — 23 048 kishi.

Shahar aholisining milliy tarkibi atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshganda (1-yanvar 2010-yil)[2][3][6]:

Tibbiyot va sport[tahrir]

Shaharning tibbiyot tashkilotiga Aqsu markaziy kasalxonasi, Qalqaman tumanidagi qishloq kasalxonasi, silga qarshi dispanser, tez yordam stansiyasi kiradi.

Aqsu — sportsmenlar shahari. Shaharda jismoniy tarbiya bilan va sport bilan shugʻullanish uchun barcha sharoitlar mavjud. Shahar aholisining hizmatiga suzish havzasi, jismoniy tarbiya kompleksi, 5000 kishiga moʻnjallangan stadion, bolalar-yosh oʻspirimlar sport maktabi, shaharning kichik tumanlarida va qishloq joylarida sport maydonlari bor.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]