Kontent qismiga oʻtish

Uspen (tuman, Pavlodar viloyati)

Koordinatalari: 52°45′0″N 77°21′0″E / 52.75000°N 77.35000°E / 52.75000; 77.35000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Uspen tumani
Успен ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Uspenka
Asos solingan sanasi 1935-yil
Akim Hokim
Rasmiy tili qozoq, rusQozoq tili
Aholi (2012) 14 439[1]
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 34,24%
Ruslar - 28,17%
Ukrainlar - 21,93%
Olmonlar - 9,58%
Tatarlar - 0,88%
Beloruslar - 0,82% [1]
Dinlar tarkibi Xristianlar, musulmonlar
Maydoni 5,5 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 141000-141015[2]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Uspen tumani xaritada
52°45′0″N 77°21′0″E / 52.75000°N 77.35000°E / 52.75000; 77.35000

Uspen tumani — Pavlodar viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Uspenka qishlogʻi. Maydoni — 5,5 ming km².

Shimoliy va shimoliy — gʻarbidan Qashir tumani bilan, gʻarbiy va janubiy-gʻarbidan Pavlodar tumani bilan, janubiy-sharqidan — Sherbaqti tumani bilan, shimoliy-sharqidan — Oltoy oʻlkasi bilan chegaradosh.

Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º -19 °C., iyulniki — +20º +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm-ni tashkil qiladi.

1999-yili tuman aholisi — 21,4 ming kishini, 2012-yili esa — 14,4 ming kishinin tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

  • qozoqlar — 4 414 kishi (34,24 %)
  • ruslar — 3 631 kishi (28,17 %)
  • ukrainlar — 2 827 kishi (21,93 %)
  • olmonlar — 1 235 kishi (9,58 %)
  • tatarlar — 114 kishi (0,88 %)
  • beloruslar — 106 kishi (0,82 %)
  • boshqalari — 563 kishi (4,36 %)
  • Umumiy — 12 890 kishi (100,00 %)

RSFSR UMIQ Prezidiumining 1935-yilgi 31-yanvardagi Farmoni bilan Lozovskiy tumani tashkil topdi, Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi Farmoniga binoan Lozovskiy tumani tarqatilib, uning oʻrniga Uspen tumani tashkil topdi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 13 ta qishloqlar mavjud: Uspen, Bogatirskiy, Ilichyovskiy, Kovalyovskiy, Qaratay, Lozovskiy, Olginskiy, Pavlovskiy, Ravnopolskiy, Tauiljan, Temiryazevskiy.

Tumanda 20 ta umumiy oʻrta bilim beruvchi maktablar mavjud, uning 17 tasi oʻrta, 2 tasi asosiy va 1 boshlangʻich maktab. Tuman qozoq tilida dars beruvchi atigi bitta maktab bor.

Tumanda 40 kishilik Uspen tuman markaziy kasalxonasi, 25 kishilik Konstantinovka qishlogʻining uchaskalik kasalxonasi, 15 kishilik silga qarshi kasalxona, 4 ta shifokorlik ambulatoriya, 14 ta tibbiyot punktlar, tuman sanitar-epidemiologik stansiya va 7 ta xususiy dorixonalar mavjud.