Moldavanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moldavanlar
Moldoveni
Umumiy aholi soni

3,4 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Moldova 2,741,849
 Ukraina 258,619
 Rossiya 156,400
 Italiya 131,000
 Portugaliya 20,773 [1]
 Qozogʻiston 14,245
 Ruminiya 15,000
 Ispaniya 12,582
 Yunoniston 9,920 [2]
 Belarus 4,300 [3]
 Latviya 1,894 [4]
 Qirgʻiziston 778 [5]
 Litva 704 [6]
 Estoniya 645 [7]
 Tojikiston 300
Tillar
Rumin tili
Dinlar
Masihiylik
Qarindosh etnik guruhlar
Ruminlar

Moldavanlar (oʻzlarini moldoven deb atashadi) — Moldaviyada yashovchi xalq (2,8 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Ukraina (324 ming kishidan ortiq), Rossiya (170 ming kishidan ortiq), Qozogʻiston (33 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Moldavan tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar.[8]

Moldavanlar (Moldavancha atalishi — moldoven) — millat. Moldova Respublikasining tub xalqi. Ummuiy soni 3,5 million kishi (2004). Antropol. tarafidan yevpoid irqiga mansub. Ruman tilining sharqiy guruhidagi moldavan tilida soʻzlashadilar. Alifbosi kirillcha. Masihiylik dinining pravoslavie tarmogʻiga mansub xalq. Frakiyalik qabilalarning asosida shakllandi. Oʻrta asrlarda sharqiy slovyanlarning bosqinchiligiga uchradi. Moldavanlar 12 asrlarda sharqiy Karpat dashtlarida millat boʻlib shakllana boshladi. Moldovanlarning milliy xoʻjaligi chorvachilik, dehqonchilik (bugʻdoy, makkajoʻxori), bogʻbonchilik. Asosiy kasb-hunarlari: toʻqimachilik (gilam toʻqish), kulolchilik, duradgorchilik. Birmuncha tumanlarida baliqchilik, ovchilik ham yaxshi rivojlangan. milliy kiyimlari: erkaklar oq koʻylak bilan shim, nimcha. Ayollari asosan turli naqshlar bilan bezatilgan oq koʻylak kiyib, boshlariga roʻmol oʻraydi. Oyoq kiyimlari — teridan yasaladigan opinch. Milliy taomlarining koʻpchiligi asosan makkajoʻxori va undan tayyorlanadi. Ogʻzaki adabiyoti ertaklarga, afsonalarga, musiqalarga, maqollarga boy. Keng qamrov olgan milliy musiqa asboblariga: kobza, nay, chimpa, v.h. Milliy raqslari (xora, jok, moldovenyaska).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]