Bayanavul (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bayanavul tumani
Баянауыл ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Bayanavul
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Aytkenov Yernur Nurmuxanovich[1]
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2012) 27 787[2]
Zichligi 27,78 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 88,74%
Ruslar - 7,98%
Olmonlar - 1%
Ukrainlar - 0,83%
Beloruslar - 0,08%
Tatarlar - 0,61% <[2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 18,5 ming km²
Bayanavul tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71840 9xxxx[3]
Pochta indeksi 140200-140212[4]
Avtomobil raqami kodi S, 14

Bayanavul tumani — Pavlodar viloyatining janubiy — gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Bayanavul qishlogʻi.

Geografiyasi[tahrir]

Tuman hududi 18,5 ming km2. Shimoliy tomonidan Ekibastuz shahrining qishloq hududlari bilan, shimoliy-sharqida— Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan, sharqida — May tumani bilan, janubiy va gʻarbiy tomonlaridan — Qaragʻandi viloyati bilan chegaradosh.

Iqlimi[tahrir]

Tuman iqlimi — keskin kontinental. Yoz oyi issiq (+35 °C-gacha) qishi oyi sovuq (−34 °C-gacha). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 270 va 277 mm orasida, yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −14º-16 °C, iyulniki +18º+20 °C.

Aholisi[tahrir]

2012-yili tuman aholisi 27,78 ming kishini tashkil qildi. Aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi, shuningdek — ruslar, olmonlar, ukrainlar va boshqalar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

  • qozoqlar — 24 657 kishi (88,74 %)
  • ruslar — 2 217 kishi (7,98 %)
  • ukrainlar — 231 kishi (0,83 %)
  • olmonlar — 279 kishi (1 %)
  • tatarlar — 172 kishi (0,61 %)
  • beloruslar — 23 kishi (0,1 %)
  • boshqalari — 208 kishi (0,75 %)
  • Umumiy— 27 787 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Tumanning katta qishloqlari: Bayanavul, Aqsan, Birlik, Janajoʻl, Janatilek, Qaratoʻmar, Qumdikoʻl, Kurkeli, Leker, Satpaev, Toriaygʻir, Uzinbulaq.

Iqtisodiyot[tahrir]

Sanoati[tahrir]

Bayanavul tumanida togʻ -kon sanoati yaxshi rivojlangan, moy-non zavoqlari, turli kombinatlar, tipografiya, ikkita avtomabil korxonalar, uchta bunyodkorlik jamoatlari faoliyat yuritmoqda.

Turizm[tahrir]

Bayanavul davlat milliy bogʻi hududida 35 ta hordiq maskanlai mavjud, shulardan Jasibay koʻlida — 28, Sabindikoʻl koʻlida — 5, Toriaygʻir koʻlida — 2. Hozirgi kunda milliy bogʻ hududida 37 arxeologik yodgorliklar, tabiiy yodgorliklari mavjud. Turizmni rivojlantirish maqsadida bogʻ hududida 208,5 km uzunlikda 11 ta turist yoʻnalishlari va 1 botanikalik yoʻlakcha bunyod etilgan.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Ijtimoiy-iqtisodiy darajasi[tahrir]

Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderlik poligonidagi yaderlik sinoqdan jabr koʻrgan fuqorolarni ijtimoiy himolash haqida“ qonuniga binoan Bayanavul tumani engilliklari mavjud ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi hudud hisoblanadi.

Taʼlim[tahrir]

2012-yilgi oʻquv yilida tumanda 33 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi maktablari, 5 ta maktabgacha mahkamalari va 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritadi.

Tibbiyot[tahrir]

Tumanda Bayanavul markaziy tuman kasalxona bor, bosh shifokori Qalken Armizov.

Madaniyat[tahrir]

Tumanda madaniyat uyi, 44 ta umumiy bilim beruvchi, 2 musiqa va sport maktablari, 19 ta bola bogʻcha, Mayqayin qishlogʻida filiali mavjud kasbiy-texnik uchilishi, 39 ta kinomantaj, 45 ta kutubxona, uchta muzey (qarangI. Satbaev, S. Toriaygʻirov, M.J. Koʻpeev) mavjud. „Jenis“ („Bayantau“) (1931-yildan buyon) va „Pobeda“ (1955-yildan buyon) tuman gazetalari chiqariladi. 1993-yili tugʻilganiga 325 yil boʻlishiga bogʻliq shoir Buqar jirauga atab Bayanavul qishlogʻining markazida haykal qoʻyildi. 2008-yili esa shoir, kompozitor Jayau Musa Bayjanuliga atab haykal qoʻyildi. Bayanavul qishlogʻidan 12 km masofada Jasibay koʻlinіng soʻng yoqasida joylashgan. Haykaltarosh M.Ye. Sergebaev.

Manbalar[tahrir]