Aleksandr Sayun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Sayun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Vladimirovich Sayun
Tavallud sanasi 1-yanvar 1975-yil (1975-01-01) (49 yosh)
Tavallud joyi Termiz, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
RossiyaRossiya
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991
1992
1994
1996
1997
1998
1998
1999
1999—2000
2001
2002
2003
2003
2004
2005
2006—2009
2011
2011—2012
2015
2017
2018—hozirga qadar
Sovet IttifoqiSohibkor
OʻzbekistonShifokor
OʻzbekistonNeftchi
OʻzbekistonАSК
OʻzbekistonМHSК
RossiyaТоrpedo (Моskva)
RossiyaТоrpedo-2
RossiyaUralan
RossiyaLоkomotiv (NN)
RossiyaAmkar
RossiyaSvetotexnika
RossiyaLоkomotiv (NN)
RossiyaLukoyl
RossiyaDinamo (Кirov)
RossiyaNovovyatich
RossiyaDinamo (Кirov)
RossiyaVavilon (Кirov)
RossiyaSarov
RossiyaBoks (Novocheboksarsk)
RossiyaGrАZ (Grabovo)
RossiyaBoMiK (Sivilsk)
(1 (0)
24 (1)
4 (0)
10 (3)
34 (0)
11 (0)
13 (2)
6 (0)
20 (0)
1 (0)
17 (3)
12 (2)
3 (0)
34 (13)
havaskor.
24 (2)
havaskor
havaskor
havaskor
havaskor
havaskor)
Milliy terma jamoa
1998—1999 OʻzbekistonOʻzbekiston (5 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Vladimirovich Sayun (1975-yil 1-yanvar, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachi, yarimhimoyachi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millati ukrain[1]. 10 yoshida futbol oʻynay boshlagan. „Surxon“ (Termiz) oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, murabbiyi — V.D.Gluxov. 1991-yili „Sohibkor“ Xalqobod jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1992-yilda Gulistonning „Shifokor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston birinchi ligasi gʻolibi boʻlgan. 1994-yilda Oʻzbekiston chempioni. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 4 ta oʻyin oʻtkazgan, biroq 1993-1995-yillardagi faoliyati haqida gapirishni yoqtirmaydi. 1996-yili „ASK Termiz“ jamoasida toʻp surgan boʻlsa, keyingi yili „MHSK“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

1998-yilda Aleksandr Tarxanov bosh murabbiyligidagi Rossiyaning „Torpedo“(Moskva) jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[2], biroq jamoaga Valentin Ivanov kelishi bilan Sayun zaxiraga oʻtkaziladi. Noyabr oyida „Torpedo“ bilan amaldagi shartnomasiga qaramay, ilgari unga qiziqish bildirgan „Spartak“da mashgʻulotlarni boshlaydi[3]. 1999-yilning yanvar oyida Tarxanovning „Krilyax sovetov“ jamoasida[4], fevral oyida esa „Uralan“ tarkibida toʻp surgan[5]. Mart oyida yana Tarxanov jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtagan boʻlsa ham[6], oy oxirida „Uralan“ga ijaraga berilgan[7].

Avgust oyida Sayun Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubiga Oleg Garin oʻrniga almashtiriladi[8]. 2000-yil avgust oyida Sayunning „Paxtakor“ tarkibiga oʻtishi kutiladi[9], biroq 2000-2001-mavsum oraligʻida futbolchi „Rubin“ bilan yigʻinda ishtirok etadi[10]. May-iyul oylarida „Svetotexnika“ klubida mashgʻulotlar oʻtkazib, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshiradi, biroq transfer summasi oshirilgani sababli jamoa bilan shartnoma imzolamasdan „Amkar“ tarkibiga oʻtadi[11]. Jamoada 30-avgust kuni faqat bitta oʻyin oʻtkazib, 72-daqiqada zaxiradan oʻyinga tushirilgan.

2002-yil fevral oyida „Svetotexnika“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi[12]. Bir yil oʻtgach, transferga qoʻyiladi[13]va aprel oyi oxirida „Lokomotiv-NN“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi[14]. Avgust oyida Chelyabinskning „Lukoyl“ jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2004, 2006-2009-yillarda „Dinamo“ (Kirov), keyinchalik „Vavilon Kirov“ (2011) va „Sarov“ (2011-2012) havaskor jamoalarida toʻp surgan. 2015-yilda LFL Novocheboksarsk „Boks“ futbol klubida oʻynagan. 1998-yil oxirida XIII Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safida 4 ta, bir yildan soʻng Osiyo kubogida yana bir uchrashuvda maydonga tushgan va shu tariqa umumiy hisobda terma jamoa safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan.[15]

2017-yilda Penzaga koʻchib oʻtib u yerda „Zenit“ bolalar va oʻsmirlar futbol markazida (Penza) murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2017-yil 19-avgustda „Zenit UMBRO“ (Penza) klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]