Kontent qismiga oʻtish

Rustam Shaymardanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Shaymardanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Rustam Shaymardnonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rustam Shaymardnonov
Tavallud sanasi 1976-yil 4-sentyabr (1976-09-04) (50 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1997 Doʻstlik 34 (0)
1998—1999 Paxtakor 57 (0)
2000—2002 Doʻstlik 75 (1)
2002—2005 Esil Bogatir 65 (0)
2005 Jetisu 4 (0)
2006 Metallurg Bekobod 13 (0)
2006—2007 Qizilqum 27 (0)
2007 FC Atyrau 7 (0)
2008 OTMK 28 (0)
2009 Metallurg Bekobod 13 (0)
Milliy terma jamoa
1997—2000 Oʻzbekiston 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rustam Shaymardanov (ruscha: Шаймарданов, Рустам; 1976-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi[1].

Rustam Oʻzbekiston oliy divizionidagi debyutini 1996-yili Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida oʻtkazgan. 1998-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) klubiga oʻtib, ikki mavsum davomida oʻynagan va 1998-yilgi mavsumda mamlakat chempioni boʻlgan. 2000-yil „Doʻstlik“ jamoasi tarkibi qaytgan va yana ikki yarim mavsum oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi mamlakat chempioni boʻlgan.

2002-yilning yozida Rustam Qozogʻistonning „Esil-Bogatyr“ (Petropavlovsk) klubiga oʻtgan va u yerda toʻliq boʻlmagan toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 2003-yil Qozogʻiston kubogining yarim finalida oʻynagan. 2005-yilning kuzida Qozogʻistonning boshqa bir klubi, „Jetisu“ (Toldiqoʻrgʻon) jamoasida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Metallurg“ (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoalarida toʻp surgan boʻlsa, 2007-yilning kuzida yana Qozogʻistonda qaytgan va „Atirau“ jamoasida oʻynagan.

2008-yilgi mavsumda AGMK (Olamliq) tarkibida oʻynagan. Rustam mavsum davomida 28 ta uchrashuvda 10 ta sariq va bitta qizil kartochka olib, chempionatning eng qoʻpol oʻyinchilaridan biriga aylangan[2]. Faoliyatining oxirida „Metallurg“ (Bekobod) va „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax) klublarida toʻp surgan.

Oʻzbekiston oliy divizionida jami 251 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan; Qozogʻiston oliy divizionida 76 oʻyin oʻtkazgan.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1997-yil 9-mayda Jahon chempionati saralash turniri doirasida Yamanga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazgan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi, turnirda 2 ta oʻyin oʻtkazgan va uning jamoasi chorak finalga chiqqan. U 1997—2000-yillarda terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam taniqli futbolchi, Paxtakor jamoasi faxriysi Toʻra Shaymardanovning jiyani hisoblanadi[3].