Ali al-Qoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali al-Qari
علي القاري
Unvoni Mulla
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 15-asr
Vafoti 1605/1606 (1014 hijriy)[2][3]
Dini Islom
Hudud Xuroson va Makka
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiylik
Imom Moturidiy[1]
Asosiy qiziqish(lar)i Fiqh, Hadis, Teologiya
Mashhur ish(lar)i Mirqat al-Mafatih, Minah al-Ravd al-Azhar
Berlin davlat kutubxonasidagi Handschrift Landberg 295-ning birinchi sahifasi, unda al-Qoriy asarlarining katta kolleksiyasi mavjud.

Nur ad-Din Abu al-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad al-Hiraviy al-Qoriy (arabcha: نور الدين أبو الحسن علي بن سلطان محمد الهروي القاري; vafoti 1605/1606-yil), Mulla Ali al-Qoriy (ملا علي القاري) nomi bilan tanilgan islom olimi.

Al-Qoriy Hirotda tugʻilgan, u yerda islomiy taʼlim olgan. Makkaga borib, olim Shayx Ahmad ibn Hajar al-Haytamiy Makkiydan taʼlim oldi. Shundan keyin Makkada qolishga qaror qildi, oʻsha yerda dars berdi, vafot etdi va dafn qilindi.

U Hanafiylik boʻyicha hadis ustalaridan, fiqh, Qurʼon tafsiri, til, tarix va tasavvuf ilmi imomlaridan biri sanaladi. Hofiz va har yili qoʻlda Qur’on yozadigan mashhur xattot boʻlgan.

Bir qancha kitoblar yozgan, jumladan, „Mishkat al-Nasabih“ning bir necha jildli „al-Mirqot“ sharhi, Qodi AyyadningAsh-shifo“siga ikki jildlik sharh, Shamoil at-Termiziyga sharh.

Uning eng mashhur asari Qur’on va Hadislardan olingan „Hizb ul-Azam“ nomli duolar toʻplamidir. Toʻplam yetti bobga boʻlingan. Bu asar „Daloil ul-xayrot“ toʻplamida ham aytib oʻtilgan.

Ali al-Qoriy Makkada vafot etgan, Jannat ul-Mualloh qabristoniga dafn etilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Minah al-Rawd al-Azhar fi sharh al-Fiqh al-Akbar p.35
  2. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
  3. „Mulla Ali al-Qari“. www.sunnah.org. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.