Azizul Haq
Qutub-e-Zaman Muftiy Azizul Haq | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1903-yil |
Vafoti | 3-mart 1961-yil |
Maqbara-e-Aziz, Jamiya Patiya | |
Dini | Islom |
Farzandlari | Mavlono Ismoil |
Ota-onasi |
|
Era | XX asr |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiylik |
Oqim | Deobandiy |
Alma mater |
Dorul Ulum Deoband Mazahir Ulum al-Jamiya al-Arabiyya al-Islamiyya Jiri |
Muftiy Azizul Haq (bengalcha: আজিজুল হক ; 1903–1961) hozirgi Bangladeshlik islom olimi va ijtimoiy islohotchi hisoblanadi. U Al-Jomiya al-Islomiya Patiya asoschisi va uning birinchi kansleri boʻlib ishlagan[1][2][3][4].
Ilk faoliyati va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizul Haq 1903-yilda Bengaliya prezidentligining Chittagong okrugi Patiya shahridagi Charkanai shahrida munshiy musulmon bengal oilasida tugʻilgan. Oʻn bir oyligida otasi Mavlono Nur Ahmaddan ayriladi. Azizul Haq oʻn bir yoshga toʻlganida onasidan ham ayrilgan. Shundan soʻng, u otasi tomonidan bobosi Munshiy Surat Ali qoʻlida tarbiyalanadi.
1914-yilda bobosi uni Al-Jomiya al-Arabiya al-Islomiya Jiriyga olib boradi va u yerda Azizul Haqni direktor Shoh Ahmad Hasan nazorati ostiga ishonib topshiradi.
U Meshkatni tamomlagan yili Shoh Ahmad Hasan keyingi yili madrasada Hadis boʻlimi tashkil etilishini eʼlon qiladi. 1924-yilda Haq hadis ilmini tamomlab, qoʻshimcha taʼlim olish uchun Hindistonga joʻnab ketadi. U Saxaranpur tumanidagi Darul Ulum Deoband va Mazohir Ulumda tahsil olgan. U Ashraf Ali Tahonaviy qoʻl ostida toʻqqiz oylik taʼlimni egallaganidan soʻng Bengaliyaga qaytib keladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizul Haq Jiriy huzuriga qaytib, 1927–1940-yillarda madrasa muftiysi va mufassiri (Qur’on tafsiri olimi) boʻlib ishlaydi. Azizul Haq ustozi Zamiriddin Ahmad homiyligida 1938-yilda Zamiriya Qosimul Ulum nomli madrasa tashkil etadi[2]. Keyinchalik u al-Jomiya al-Islomiya Patiya nomini oladi va islom universitetiga aylantiriladi. Umrining qolgan qismini shu madrasa rektori sifatida oʻtkazgan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jiri madrasasida muallim boʻlib ishlagan vaqtida Azizul Haq Harinhayn (Gʻarbiy Patiya)lik Badiur Rahmon Savdagarning qiziga uylangan. Bu nikohdan ularning uch oʻgʻil va toʻrt qizi bor edi[5].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haq 1961-yil 3-martdagi juma namozi oldidan, 63 yoshida vafot etadi. Uning janozasi (janoza namozi) Abdulkarim Madaniy (Anderkilla Shohi Jome masjidi imomi) tomonidan Jamiya Patiya maydonida oʻqilgan. Haq keyinchalik madrasa qabristoniga dafn qilinadi, mazkur joy hozir Maqbara-i-Aziziy nomi bilan mashhur[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Islam, Amirul. সোনার বাংলা হীরার খনি ৪৫ আউলিয়ার জীবনী (bn). Kohinoor Library, 2012 — 68–73-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „পটিয়া মাদ্রাসা এখন ইসলামি বিশ্ববিদ্যালয়“ (bn). Dainik Purbokone (2017-yil 1-dekabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ „জামিয়া পরিচিতি“ (bn). আল-জামেয়া আল- ইসলামীয়া পটিয়া. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 Rahman. „পটিয়ার মুফতি আযীযুল হক রহ: ইলম ও আধ্যাত্মিকতার উজ্জ্বল নক্ষত্র“ (bn). Islam Times (2019-yil 26-sentyabr). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 Hasan, Shah Ahmad. Mashayekh-e-Chatgam (bn). Ahmad Prakashan, March 1988 — 292–294-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mawlana Nur Muhammad Azmi „2.2 বঙ্গে এলমে হাদীছ“, . {{{title}}} (bn). Emdadia Library, 2008 — 219–220-bet.
- Qadir, Masudul. পটিয়ার দশ মনীষী, 2 (bn), Al Manar Library, 2009 — 12–29-bet.
- Ahmadullah, Mufti. Mashayekh-e-Chatgam, 3rd, Dhaka: Ahmad Publishers, 2016 — 109–136-bet. ISBN 978-984-92106-4-1.
- Rahman, Nurur. Tazkeratul Aoliya (bn). Emdadia Library, 2010 — 112–116-bet.
- Tazkira-e-Aziz, Sultan Zauq Nadvi
- Yaad-e-Aziz
- Nizampuri, Ashraf Ali. The Hundred (Bangla Mayer Eksho Kritishontan), 1st, Salman Publishers, 2013 — 32–35-bet. ISBN 978-112009250-2.