Nur Uddin Gohorpuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nur Uddin Gohorpuri
Fayl:Nur Uddin Gohorpuri.jpg
Unvoni Mavlono, Alloma, Shayx ul-Hadis
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1924
Vafoti 26-aprel 2005-yil (aged 81)
Dafn etilgan joyi Gohorpur, Balaganj upazila, Sylhet tumani, Bangladesh
Dini Islom
Era Zamonaviy
Oqim Devbandiy
Alma mater Dorul ulum Deoband
Kasbi Islom ulamosi, oʻqituvchi

Nur Uddin Ahmad Gohorpuri (bengalcha: নূর উদ্দিন আহমদ গহরপুরী; 1924 – 2005-yil 26-aprel) Bengaliyalik diniy ulamo va o‘qituvchi. Bangladeshdagi Qavmi madrasalari bilan aloqasi, shuningdek, Gohorpur Husayniya madrasasining asoschisi sifatida mashhur edi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gohorpur Hussayniya madrasasi

Gohorpuri 1924-yilda Bangladeshning hozirgi Sylhet tumanida joylashgan Gohorpur qishlog'ida aristokrat oilasida tug'ilgan. Otasining ismi Mavlono Zuhur Uddin Ahmad, onasiniki esa Suratunnaso. Sultonpurdagi mahalliy maktabda tahsil olgan. Otasining vafotidan so‘ng Gohorpuriy diniy arbob Bashir Uddin Shayx-i Bag‘aga shogirdlikka berilgan. Taʼlimni Jalolpurdagi Purbabhag madrasasida davom ettirdi. Bag'a Alia madrasasida ham uch yil o'qidi. Bashir Uddin Dorul ulum Deobandga oʻqishga kirishga yordam berdi. Gohorpuriy u yerda Bashir Uddinning ustozi Husayn Ahmad Madaniydan hadis ilmini oʻrgandi. 1950-yilda o'qishni tamomlagan Gohorpuri Madaniyning shogirdlaridan biriga aylandi[2][3].

1952-yilda Izaz Ali Amrohi va Madaniyning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Barisaldagi Pangasia Alia madrasasida hadis ilmi boʻyicha muhaddis bo‘lib ishga kirib, u yerda ikki yil ishladi. Shundan keyin Mymensinghdagi Balia Ashraful ulum madrasasida xuddi shu vazifani bajarishga kirishdi. 1956-yilda o‘z qishlog‘iga qaytib, Gohorpur Husayniya madrasasiga asos solib, umrining oxirigacha u yerda muhaddis va muhtamim (boshqaruvchi) bo‘lib ishladi[2][3]. Muassasa keyinchalik Bangladeshdagi eng mashhur islom ta'lim muassasalaridan biriga aylandi[4].

1960-yillarda Gohorpuri Jamiat Ulema-e-Islom siyosiy partiyasiga aʼzologiga kirdi. 1970-yilda Pokistondagi umumiy saylovlarda Milliy Assambleyaga nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1996-yilda Bangladesh Befaqul Madarisil Arabia raisi etib saylangan. 50 dan ortiq Qavmi madrasalari bilan aloqada boʻlgan, shuningdek, ulardan 13 tasining asoschisi va homiysi boʻlgan[3].

Vafoti va merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gohorpuri 2005-yil 26-aprelda 81 yoshida vafot etdi. Unda to'rt xotin, to'rt qiz va bir o'g'il qoldi. Oʻgʻli Muslehuddin Raju otasi o'rniga Gohorpur Husayniya madrasasi rahbari bo'ldi[2][5]. Gohorpurdagi uyi oldidagi dafn marosimida bir necha ming shogirdlari ishtirok etishdi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. al-Mahmud, A.H.; Hasan, Syed Mahmudul. সুন্নাতে নববীর মূর্ত প্রতীক: মাওলানা আব্দুল মতিন চৌধুরী শায়খে ফুলবাড়ী রাহ. Sylhet: al-Medina Offset Press, 2008 — 45 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „আল্লামা নুর উদ্দিন আহমদ গহরপুরীর মৃত্যু বার্ষিকী আজ“ (bn). Sylhet Report (2019-yil 26-aprel). 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „আল্লামা গহরপুরী পরিচিতি“ (bn). গহরপুর হোসাইনিয়া মাদ্রাসা. 2019-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.
  4. „সিলেট গহরপুর জামিয়ার বার্ষিক মাহফিল বৃহস্পতিবার“ (bn). Barta24 (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  5. „গহরপুর জামিয়ার কওমি গ্র্যাজুয়েশন থেকে সনদ নিলেন তরুণ আলেমরা“ (bn). Banglanews24.com (2017-yil 25-fevral). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Harun Islomobodiy
Befaqul Madarisil Arabia Bangladesh rahbari
1996-2005
Keyingisi