Abdulloh Siroj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh Siroj
عبد الله سراج
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1876 yoki 1879-yil
Vafoti May 1949-yil
Dini Islom
Millati arab
Alma mater As-Savlatiya madrasasi
al-Azhar Universiteti

Abdulloh ibn Abdurrahmon Siroj (arabcha: عبد الله بن عبد الرحمن سراج; ‎ — 1949-yil may)[1][2] arab siyosatchisi va islom olimi boʻlib, Hijoz qirolligida va keyinchalik Transiordaniya amirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, har ikki davlatning Bosh vaziri lavozimini egallagan (shuningdek, 5-Iordaniya bosh vaziri boʻlgan).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Siroj Makkada tugʻilgan, u Savlatiya madrasasini, keyinchalik Qohiradagi al-Azhar universitetini tamomlagan. 1907-yilda Sharif Ali Abdulloh tomonidan Makkadagi hanafiylar muftiysi etib tayinlangan. U 1908-yilda Usmonlilar parlamentida Makka vakili etib saylangan, ammo xizmat qilishdan oldin isteʼfoga chiqqan. Sharif Husayn 1916-yilda Usmonlilar imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng, Sirojni Hijoz hukumatining bosh sudyasi va bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlaydi. Siroj 1918-yilgacha amir Ali o‘rniga Bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 1924-yilda Husayn taxtdan voz kechganidan soʻng, Siroj Alining qisqa hukmronligi davrida Bosh vazir lavozimini egallaydi, bu qirollikning 1925-yilda Nejd Saudiya sultonligiga taslim boʻlishi bilan yakunlanadi. Keyinchalik Abdulloh Siroj Iordaniyaga koʻchib oʻtadi va u yerda amir Abdulloh qoʻl ostida 1931-yildan 1933-yilgacha Bosh vazir boʻlib ishlaydi hamda bir vaqtning oʻzida moliya[3] va Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, Bosh sudya lavozimini egallaydi[4][5][6][7][8][9][10][11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „آل سراج / الطائف الشيخ عبد الله سراج“. www.almadenahnews.com (2009-yil 10-oktyabr).
  2. „وجوه حجازية - مجلة الحجاز“. al-Hejaz. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  3. „Financial Ministers“. mof.gov.jo. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  4. Abū Sulaymān. „الإفتاء في مكة المكرمة والمدينة المنورة ما قبل الحكم السعودي“. alhejaz.org. 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  5. Wahīm, Ṭālīb Muḥammad. مملكة الحجاز 1916-1925 : دراسة في الاوضاع السياسية / Mamlakat al-Ḥijāz (1916-1925): dirāsah fī al-awḍāʻ al-sīyāsīyah, 1st, al-Baṣrah [Basra, Iraq]: Markaz Dirāsāt al-Khalīj al-ʻArabī bī-Jāmiʻat al-Baṣrah, 1990. 
  6. Sabbagh, Mahmoud Abdul-Ghani. „Modernity in Makkah: History at a glance“. Arab News (2010-yil 4-mart).
  7. al-‘Ajrash, Ḥaydar Ḥātim Fāliḥ (6 May 2011). الملك علي بن الشريف حسين / al-Malik 'Alī ibn ash-Sharīf Ḥusayn. University of Babylon Repository of Open Access Papers. http://repository.uobabylon.edu.iq/papers/publication.aspx?pubid=1640. 
  8. Rida, Muhammad Rashid (11 February 1918). "الحالة السياسية في الحجاز في أواخر سنة 1334 [The political situation in the Hejaz at the end of the year 1334 AH]". Al-Manār 20 (6): 278–279. Archived from the original on 2016-03-04. https://web.archive.org/web/20160304023033/http://islamport.com/w/amm/Web/1306/3049.htm. Qaraldi: 2023-01-06. Abdulloh Siroj]]
  9. „آل سراج / Āl Sirāj“. alhejaz.org. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  10. ash-Shubaylī, ‘Abd ar-Raḥman. „مجلس الوكلاء في مكة المكرمة نواة السلطة التنفيذية (مجلس الوزراء) في عهد الملك عبدالعزيز“. Al-Jazirah (2011-yil 29-sentyabr). Translation: „The nucleus of the executive branch“. Arab News (2011-yil 18-noyabr).
  11. Maghribī, Muḥammad ‘Alī „عبد الله عبد الرحمن سراج / ‘Abd Allāh ‘Abd ar-Raḥman Sirāj“,. أعلام الحجاز في القرن الرابع عشر للهجرة / A'lām al-Ḥijāz fi qarn ar-rābi' 'ashr lil-hijrah, 1st, al-Qāhirah [Cairo]: Maṭba‘at al-Madanī, 1990 — 375–393 bet. 
  12. PRO. FO 195/2286. Monahan to Lowther. Jidda, 15 December 1908. „He is Mufti at Mecca of the Hanafi sect, as his father was before him. His family is of Indian origin but has been residing in Mecca for more than 200 years. His father died in exile in Egypt about 12 years ago, having incurred the displeasure of Grand Sharif Aun ar-Rafik, which would be a fact in his favor, and he himself (he is now about 35) was living in Constantinople in fear of the Grand Sharif for more than ten years until he returned two years ago to Mecca. He appears to have a good reputation, intellectually, and morally, and knows Turkish well…“ Quoted in Kayalı, Hasan „A Case Study in Centralization: The Hijaz under Young Turk Rule, 1908–1914“,. Arabs and Young Turks: Ottomanism, Arabism, and Islamism in the Ottoman Empire, 1908–1918. Berkeley: University of California Press, 1997.