Abdul Jabbor Jahonobodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Abdul Jabbor

Jahonobodiy
Fayl:Abdul Jabbar Jahanabadi.jpg
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1937
Vafoti 2016-yil 18-noyabr[2]
Holy Family Red Crescent Hospital, Moghbazar, Dakka, Bangladesh
Oʻlim sababi Qarilik
Dini Islom
Millati Bangladeshlik
Farzandlari 3 qiz
Ota-onasi
  • Shayx Nasimuddin (otasi)
Era Zamonaviy davr
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiy
Oqim Devbandiy
Asosiy qiziqish(lar)i Islomiy taʼlim
Ustozlar Hofizzi Huzur
Qozi Muʼtasim Billah
Shamsul Haq Faridpuriy
Azizul Haq

Muhammad Abdul Jabbor Jahonobodiy (bengalcha: মোহম্মদ আব্দুল জব্বার জাহানাবাদী) islom olimi va Befaqul Madarisil Arabia Bangladeshning bosh sekretari boʻlgan[3]. Jahonobodiy yangi tashkil etilgan Bangladesh davlatida islomiy taʼlim kashshofi sifatida tasvirlangan[4].

Yoshlik davri va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahonobodi Bagerhatning Kachua shahridagi Sahabatkati qishlogʻida bengal musulmon oilasida tugʻilgan. Oilasida besh aka-uka va opa-singillar edi. Jahonobodiy oilaning ikkinchi farzandi. Otasining ismi Shayx Nasimuddin. Dastlabki taʼlimni uyda va mahalliy maktabda boshlagan. Maktabda Qurʼon oʻrgangan. 1961-yilda Abdul Jabbor Dakkaning Bara Katara shahridagi Ashraful ulum madrasasining hadisshunoslik fakultetida magistrlik darajasini tamomlagan[5][6].

Kasbiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahonobodiyning mehnat faoliyati o‘zi tugatgan madrasada boshlangan. 1960-yillardan Bara Katara madrasasida dars bera boshlagan[6][5]. Shuningdek, Nur Uddin Gohorpuri rahbarligidagi Bangladesh Qavmi madrasasi ta'lim kengashiga 1978-yilda tashkil etilganidan to vafotiga qadar mas’ul boʻlgan[7]. Jahonobodiy Bangladesh hukumati Qavmi madrasasi sertifikatlarini tan olishini himoya qilgan asosiy rahbarlardan biri edi. Jahonobodiy birinchilardan boʻlib hukumat idorasiga topshirilgan va qabul qilingan Qavmi xartiyasining oʻquv dasturini tuzgan. Qavmi xartiyasi rasman tan olgan birinchi shaxs ham edi[8].

Jahonobodiy ko‘plab madrasalarga asos solgan va boshqargan. Jahonobodiy 1992-yilda Befaqul Madarisil Arabia Bangladesh Bosh kotibi boʻlishiga qadar Bangladesh Jamiyat Ulema-e-Islomning Dakka shahar Bosh kotibi lavozimida ishlagan[9]. Jatrabari tanadagi Jamia islamia darul uloom madania tashkilotining asoschisi boʻldi. Tashkilotda qisqa vaqt oʻqituvchilik ham qildi[10][11].

Vafoti va merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahonobodiy 79 yoshida, 2016-yil 18-noyabr kuni soat 10:10da Dakkadagi kasalxonada vafot etdi. Yurak va buyraklardagi nafas olish muammolaridan aziyat chekardi. Xufton namozidan keyin Bangladesh milliy masjidi Baytul Mukarramda janozasi oʻqildi[12]. Bangladeshning oʻsha paytdagi taʼlim vaziri, Avomi ligasi siyosiy partiyasi vakili Nurul Islom Nahid Bangladeshdagi madrasa tizimining kashshofi boʻlgan shaxsning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bangladesh Jamoat-e-Islomiy siyosiy partiyasi rahbari Maqbul Ahmed ham hamdardlik bildirdi[13].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahonobodiy koʻplab kitoblar, maktab darsliklari, sheʼrlar, hikoyalar, insholar yozgan va tahrir qilgan. Quyida asarlaridan namunalar keltirilgan[14][15][16]:

  • কওমি মাদ্রাসার স্বীকৃতি আমরা কেন চাই [Nega biz Qavmi madrasalarining tan olinishini xohlaymiz] (Bengali).
  • ইসলাম ও আধুনিক প্রযুক্তি [Islom va zamonaviy texnologiya] (Bengali).
  • মাদরাসা শিক্ষার বিরুদ্ধে আন্তর্জাতিক ষড়যন্ত্র [Madrasa taʼlimiga qarshi xalqaro fitna] (Bengali).
  • ভারত উপমহাদেশে মুসলিম শাসন ও তাদের গৌরবময় ইতিহাস [Musulmonlar hukmronligi va ularning Hindiston yarimorolidagi shonli tarixi] (Bengali).
  • ইসলামে নারীর অধিকার ও পাশ্চাত্যের অধিকার বঞ্চিতা লাঞ্ছিতা নারী [Islomda ayollar huquqlari va gʼarbning huquqlaridan mahrum, taʼqibga uchragan ayollari] (Bengali).
  • ইসলামে নিরক্ষরতা দূরীকরণ ও কলমের চর্চা [Islomda qalam amaliyoti va savodsizlikni yoʻq qilish] (Bengali).

Darsliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Maulana Jabbar Jahanabadi passes away“. The New Nation. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  2. „Qawmi Madrasa board gen secy passes away“. Banglanews24.com. 2017-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  3. „Qawmi madrasas: Differences among maulanas prevent government control“. Bdnews24.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  4. „Nahid mourns death of Jabbar Jahanabadi“. The New Nation. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „bn:কওমি মাদ্রাসা বোর্ডের মহাসচিব আবদুল জব্বার আর নেই“ (bn). Banglatribune.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „bn:মাওলানা আব্দুল জব্বার জাহানাবাদী; জীবন ও কর্ম - our Islam“ (bn). Ourislam24.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  7. „bn:বেফাক মহাসচিব মাওলানা আবদুল জব্বারের ইন্তেকাল - জাতীয়“ (bn). Jugantor. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  8. Syed Anwar Abdullah. জাহানাবাদীর পূর্ণাঙ্গ জীবনী (bn). Allama Abdul Jabbar Jahanabadi RA Foundation. 
  9. „bn:বেফাক মহাসচিব মাওলানা আ. জব্বার মারা গেছেন - জাতীয়“. Newsbangladesh.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  10. „bn:কেমন ছিলেন মাওলানা আবদুল জব্বার - our Islam“. Ourislam24.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  11. „bn:ইন্তেকাল করেছেন বেফাক মহাসচিব মাওলানা আবদুল জব্বার“. Bangla.24livenewspaper.com. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  12. „Maulana Jabbar Jahanabadi passes away“. Daily Sun Bangladesh (2016-yil 19-noyabr). 2023-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-yanvar.
  13. „BEFAQ General Secretary Maulana Abdul Jobbar Jahanabadi dies; Ameer-e-Jamaat condoles“. Bangladesh Jamoat-e-Islomiy (2016-yil 18-noyabr). [sayt ishlamaydi]
  14. „bn:বেফাক মহাসচিব মাওলানা আবদুল জব্বার জাহানাবাদীর ইন্তিকাল“ (bn). The Daily Sangram. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  15. „bn:বেফাক মহাসচিব মাওলানা আবদুল জব্বারের ইন্তেকাল“ (bn). The Daily Nayadiganta. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.
  16. „bn:বেফাক মহাসচিব মাওলানা আবদুল জব্বার আর নেই“. M.update24.net. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]