Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Ali Enayetpuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Ali Enayetpuriy
bengalcha: আহমদ আলী এনায়েতপুরী
Kasbi Yozuvchi, jurnalist, siyosatchi
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi
Ahmad Ali

21-yanvar 1898-yil
Vafoti 4-yanvar 1959-yil(1959-01-04)
(60 yoshda)
Dini Islom
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiylik
Siyosiy partiya Butun Hindiston musulmonlar ligasi
Tariqat Silsila-e-Furfura

Ahmad Ali Enayetpuri (bengalcha: আহমদ আলী এনায়েতপুরী) Bengal yozuvchisi, jurnalisti va siyosatchisi hisoblanadi.

Ilk faoliyati va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad Ali 1898-yil 21-yanvarda Bengaliya prezidentligi Jessor tumanidagi Enayetpur qishlogʻida bengal musulmon oilasida tugʻilgan. Oilaning kelib chiqishi asli iroqlik boʻlgan. Otasi Shoh Abed Ali (vaf. 1956) mavlono bo‘lib, onasining ismi Sayoda Xotun edi. 

Shajiali quyi boshlang‘ich maktabida Pandit Dvijabar Charkabarti va boshqalar qo‘lida o‘qigan. Shundan soʻng u Jessor tumani maktabiga oʻqishga kiradi va 8-sinfgacha oʻqiydi. Otasi Alining qiziqishi yo‘qligini tushunib, uni Kalkutta Alia madrasasiga o‘qishga kiritadi. Ahmad Ali Kalkuttada islom ilmini tamomlagan hamda Mavlono Gul Muhammadxon va Mavlono Bashir Ahmad davrida arab tilini o‘rgangan. Ammo Ahmad Ali madrasada oʻqishni tamomlash oʻrniga Furfura Sharifning birinchi piri Muhammad Abu Bakr Siddiqning taʼsiri ostiga tushib qoladi. Siddiq unga islom ilohiyoti, fors va urdu tillaridan saboq bergan. Enayetpuriy keyinchalik ingliz tilini ham mustaqil oʻrganadi va Shamsul Ulamo unvoniga sazovor boʻladi. Oradan koʻp oʻtmay, piri unga Islomga daʼvat qilib, omma oldida nutq soʻzlashni buyuradi[1].

Enayetpuriy 1924-yilda „Sariat“ (shuningdek, Sariyat deb ham ataladi) oylik jurnaliga asos solib, uning muharriri boʻldi. U gazeta nomini „Sariat-i-Islom“ deb o‘zgartirdi. Bu Kalkuttadagi yagona hanafiy nashri hisoblangan[2][3]. Ahmad Ali 32 yil davomida „Sariat-i-Islom“ning muharriri bo‘lib ishlagan. 1934-yilda Britaniya Hindistoni unga Xon Sohib unvonini beradi. U Jessore tuman kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan.

1937-yilda Bengal qonunchilik assambleyasiga Jenaidah saylov okrugidan Butun Hindiston musulmonlar ligasi nomzodi sifatida saylangan. Assambleyada u boshlangʻich taʼlimni bepul qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritdi[4]. Ahmad Ali 1938-yilda Xon Bahodir unvoni bilan taqdirlangan[5].

Enayetpuriy 1959-yil 4-yanvarda Sharqiy Bengaliya, Pokiston, Jessor tumanidagi Enayetpur shahrida vafot etdi.

  1. Mujibur Rahman, Muhammad. বাংলা ভাষায় কুরআন চর্চা (bn). Islamic Foundation Bangladesh, 1986 — 321–322-bet. 
  2. Nur-Ul Islam, Mustafa. Bengali Muslim public opinion as reflected in the Bangali press, 1901-1930 (en). Bangla Academy, 1973 — 306-bet. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust. 
  3. Journal of the Asiatic Society of Bangladesh: Humanities (en). Asiatic Society of Bangladesh, 1984 — 113-bet. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust. 
  4. Indian Annual Register (en). Annual Register Office., 1941 — 206-bet. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust. 
  5. Aziz, Khursheed Kamal. Public life in Muslim India, 1850-1947: a compendium of basic information on political, social, religious, cultural and educational organizations active in pre-partition India (en). Vanguard, 1992 — 285-bet. ISBN 9789694021195. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.