Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Abu Bakr al-Samarqandiydan yoʻnaltirildi)
Abu Bakr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي‎) – faylasuf va ilohiyotchi. „Maolim uddin“ („Dinning belgilari“), „at-Tibb ur-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli falsafiy asarlari bor[1].

Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan[2][3][4]. Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: „Ar-rad ala-l-karromiya“ („Karromiyalarga raddiya“), „Kitobu-l-anvor“ („Nurlar kitobi“), „Maolimu-d-din“ („Dinning belgilari“), „At-tibbu-r-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli asar. K. Brokkelman „Arab adabiyoti tarixi“ nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb taʼrif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313—925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan[5].

Manbalarda uning toʻrtta asarining nomi tilga olingan[6]:

  • Kitab al-Anwar.
  • Kitab al-I’tisam, [hadis]]ga bagʻishlangan.
  • Kitab al-Radd 'ala al-Karramiyya', karromiylarga inkor.
  • Kitab Maʼalim al-Din („Imon chizigʻi“)

Abu Bakr butun umrini tugʻilib oʻsgan shahri Samarqandda oʻtkazgach, hijriy 268, milodiy 881 —882-yili vafot etgan[7].

  1. „Abu Bakr Samarqandiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  2. „ABŪ BAKR SAMARQANDĪ“. Encyclopædia Iranica.
  3. Carl Brockelmann. History of the Arabic Written Tradition; Supplement Volume 1. Brill Publishers, 2017 — 344-bet. ISBN 9789004334625. 
  4. Josef van Ess. Theology and Society in the Second and Third Centuries of the Hijra. Volume 2: A History of Religious Thought in Early Islam. Brill Publishers, 2017 — 633-bet. ISBN 9789004344020. 
  5. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 534.
  6. Ulrich Rudolph. Al-Maturidi and the Development of Sunni Theology in Samarqand. Brill Publishers, 2014 — 74-75-bet. ISBN 9789004261846. 
  7. Ulrich Rudolph. Al-Maturidi and the Development of Sunni Theology in Samarqand. Brill Publishers, 2014 — 74-75-bet. ISBN 9789004261846.