Muhammad Vaqqos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Vaqqos ibn Muhammad Ismoil al-Jasariy (arabcha: محمد وقاص بن محمد إسماعيل الجسري) yoki oddiygina Muhammad Vaqqos (bengalcha: মুহাম্মদ ওয়াক্কাস) (1952-yil 15-yanvar — 2021-yil 31-mart) nomi bilan tanilgan Bangladeshlik islom olimi, oʻqituvchi, sobiq parlament aʼzosi va davlat vaziri edi. Janubiy Bengaliyadagi eng katta madrasa boʻlgan Jamia Imdadia Madaninagar madrasasining asoschisi hisoblanadi. Madrasada taxminan 2000 talaba tahsil oladi[1].

Biografiya va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Vaqqos 1952-yil 15-yanvarda Sharqiy Bengaliyaning Jessor tumani, Manirampur shahridagi Bijayrampur qishlog‘ida bengal musulmon oilasida tug‘ilgan. Vaqqos Muhammad Ismoil va Nurjahon Begimlarning eng kichik farzandi edi[2].

Taʼlim jarayoni mahalliy boshlangʻich maktabda boshlangan. Maktabdagi yakuniy imtihonlarda yuqori oʻrinni egallagan. Bu natija onasini hayratda qoldirdi. Ota-onasi Janubiy Bengaliyaning taniqli muassasasi Lauri Ramnagar Komil madrasasiga oʻqishga kiritdi. Uch oyda Qur’onni toʻliq yodlab oldi va 1967-yilda hay’at Olim imtihonida eng koʻp ball toʻplagan edi. Madaripur shahridagi Bahodurpur Shariatia Alia madrasasida komil darajasi uchun tahsil olgan. 1971-yilda imtihon komissiyasida eng yuqori ball olgan. 1972-yilda Manirampur kollejida Oliy oʻrta maktab darajasini tamomladi[1].

Ustozi va Husayn Ahmad Madaniyning xilofasi Tajammul Ali Shimoliy Hindistondagi Dorul ulum Deobandda oʻqishni maslahat berdi. Deobandda to‘rt yil davomida Mavquf Alayhiy (1973), Takmil-e-Ulum-e-Diniyat (1975) va Ifto (1976) imtihonlarida birinchi o‘rinni egalladi va muftiylik unvoniga sazovor bo‘ldi[1].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaqqos talabalik davrida siyosat bilan shugʻullangan. Oʻqituvchisi tez-tez Jamiat Ulema-e-Islom dasturlariga olib borgan. Vaqqos Bahodurpurda Komil darajasida oʻqiyotganda Jamiyat-e-Talaba-e-Arabiya Bahodurpur boʻlimi vitse-prezidenti etib saylandi. Bangladesh mustaqillikka erishgach, Jamiyat Ulema-e-Islom Bangladeshning Xulna boʻlimi nozimi boʻldi. Jamiyat qaroriga koʻra, Vaqqos 1981-yilda Hofizzi Huzur asos solgan Bangladesh Xilofat Andolanga qisqa vaqt aʼzo boʻldi[3], lekin keyinchalik Jamiyatga qaytish uchun uni tark etdi.

Shamsuddin Qosimiy Vaqqosga 1986-yilgi Bangladeshdagi umumiy saylovida Jatiya partiyasi nomzodi sifatida qatnashishni maslahat bergan. Bu saylovda Jessor-5 saylov okrugidan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Oʻz oʻrnini 1988-yilgi umumiy saylovlardan keyin saqlab qoldi[4][5]. Parlament aʼzosi sifatidagi birinchi muddati davomida Vaqqos mamlakatning Din ishlari vaziri ham boʻlgan[6]. Keyinchalik qamchi vazifasida ham ishlagan.

Ershadning Jatiya partiyasi tugatilgandan soʻng Vaqqos 1991-yilgi umumiy saylovlarda Islomi Oikya Jote alyansi nomzodi sifatida qatnashdi. Mazkur saylovda Avomi ligasi vakili Xon Tipu Sultonga yutqazib qoʻydi. Aynan shu yili Bangladesh Jamiyati Ulema-e-Islomning Arzobod madrasasidagi Milliy kengashida bosh kotib etib tayinlangan edi.

1996-yil iyun oyidagi umumiy saylovda yana Jatiya partiyasidan nomzod sifatida qatnashdi, ammo Xon Tipu Sultonni magʻlub eta olmadi. Keyinchalik Bangladesh Millatchilar partiyasiga qoʻshildi va 2001-yilgi umumiy saylovda parlamentga saylandi. Ushbu saylovda raqibi Xon Tipu Sultondan 20 ming koʻproq ovoz oldi[7]. Biroq, Sulton 2008-yilgi umumiy saylovda Vakkasni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

Taʼlim karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda Vaqqos Manirampurda Jamia Imdadia Madaninagar madrasasini tashkil etdi. Oradan 7 yil o‘tib, madrasaning ayollar bo‘limiga asos soldi. Hadisshunoslik fakulteti 1995-yilda, ayollar uchun esa 2003-yilda ochilgan. 2009-yilda ifto bo‘limi ochilgandan so‘ng mazkur muassasa Janubiy Bengaliyadagi eng yirik madrasaga aylandi[1]. Vaqqos Hefazat-e-Islam Bangladesh aʼzosi edi[8].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaqqos 2021-yil 31-mart kuni Dakkadagi kasalxonada vafot etdi[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Mahmudur Rahman (2019), মুফতি মুহাম্মদ ওয়াক্কাস রহ. এর জীবন ও কর্ম (Bengali)Mahmudur Rahman (2019), মুফতি মুহাম্মদ ওয়াক্কাস রহ. এর জীবন ও কর্ম (in Bengali)
  2. „আলাপচারিতায়-জমিয়ত নেতা মুফতি মুহাম্মদ ওয়াক্কাস“ (bn). Sylhet Report (2017-yil 28-oktyabr). 2019-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-avgust.
  3. Jahid, Salim. „জীবদ্দশায় ছেলেরা, এখন নাতিরা পদ নিয়ে দ্বন্দ্বে“ (bn). Prothom Alo (2014-yil 28-noyabr).
  4. „List of 3rd Parliament Members“ (bn). Bangladesh Parliament. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  5. „List of 4th Parliament Members“ (bn). Bangladesh Parliament. 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  6. „Mufti Wakkas gets 6-month bail“ (en). banglanews24.com (2014-yil 17-fevral). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  7. „Parliament Election Result of 1991,1996,2001 Bangladesh Election Information and Statistics“. Vote Monitor Networks. 2008-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  8. „Mufti Wakkas granted bail“. Dhaka Tribune (2014-yil 17-fevral). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.