Teologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar T.ning asosiy manbalari qisoblanadi. T. turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda oʻqitiladi. T. tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. T. islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.