Adib Sobir Termiziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adib Sobir Termiziy (Shohobiddin ibn Ismoil) (1078 — Ter-miz — 1147) — shoir. Termizda voyaga yet-gan. Falakiyot va riyoziyot bilan shugʻullangan. Bir necha yil Arabiston va Xurosonda sayohatda yurgan. 30 yil Xuroson hoki-mi Abulqosim Ali ibn Jaʼfar saroyida, soʻng Marvda saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar saroyida xizmat qilgan, adabiy muhit bilan tanishgan. Umar Xayyom, Futu-xiy, Marvoziy, Anvariy, Kotibiy, Said Hasan Gʻaznaviy kabi shoir va olimlar bilan muloqotda boʻlgan. A. S. T. ijodida ijtimoiy, taʼlim-tarbiyaviy fikrlar, ilm-fan, odob va axloqni ulugʻlash, ishq-muhabbat va tabiat goʻzalliklarini kuy-lash asosiy oʻrinni egallagan („Nihoyat haddan oshdi…“, „Ilm sharafiga…“, „Bahor fasli…“, „Garchi olimning …“, „Kechamiz tugaru oxir tong otar“, „Bir zamon boʻlgayki…“ va boshqalar). Tarjiband va ruboiylarining koʻpchiligida hayotiy voqealar aks etgan. She’rlari asosan fors tilida. Sheʼrlari va devonining bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Devoni Eronda (1952) nashr etilgan, unga 109 qasida, 66 gʻazal, 113 qitʼa, 7 tarjiband, 92 ruboiydan iborat 7000 bayt sheʼr kirgan. As: Tanlangan asarlar, T., 1979; Saylanma, T., 1982.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil