Devon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Devon — Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra arab alifbosi tartibida (qofiyalanib keluvchi soʻzlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi. Sharkda Devon tuzish shoirning yetuklik belgisi boʻlgan, shoirlar oʻz devonlarining mazmunan va shaklan rang-barang boʻlishiga eʼtibor berganlar. Devon tuzish 10—11-a.lardan boshlangan, uning shakllanish davri Shayx Saʼdip zamonasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbek adabiyoti tarixida Devon tuzish Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida mukammal Devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning oʻzi tomonidan, shuningdek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Navoiy gʻazallarining ilk Devoni nomaʼlum kotib tomonidan tuzilgan (1465). Unda 15-a. adabiyotidagi deyarli barcha sheʼr shakllarini koʻrish mumkin. Keyinroq Devon tuzish ishiga Bobur, Nodira, Ogahiy, Avaz Oʻtar va b. shoirlar ham samarali hissa qushganlar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida Habibiy, Sobir Abdulla va b. Devon tuzganlar. Ularda gʻazallar hozirgi oʻzbek alifbosi tartibida joylashtirilgan. Sharq poeziyasi taʼsirida Yevropa adabiyotida ham Devon tuzish tajribasi bulgan (Gyote, "Gʻarbu sharq devoni").

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil