Abduqodir Hayitmetov
Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (1926.27.5, Dangʻara tumani Qiyoliqum qishlogʻi — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Filologiya Fanlari doktori (1965), professor (1970). Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi (1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 ydan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-yillarda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqati. t. ishlari bilan shugʻullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlangan. Hayitmetov "Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari" (1959), "Navoiy lirikasi" (1961), "Navoiyning ijodiy metodi" (1963), "Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan", "Navoiy dahosi" (1970), "Hayot-baxsh chashma" (1974), "Navoiyxonlik suhbatlari" (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bos-qichga koʻtargan.
Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bogʻliq ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida oʻzbek tilida 5 jildli (1977—80), rus tilida 2 jildli (1991-92) "Oʻzbek adabiyoti tarixi" yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 jildli "Oʻzbek adabiyoti" majmuasi, 3 jildli "Oʻzbek poeziyasi antologiyasi", Alisher Navoiyning 15 va 20 jildli asarlar toʻplamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning "Hayrat ul-abror" hamda "Farhod va Shirin" dostonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti la-ureati (1967, 1992). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan (2003).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tabarruk izlar izidan, T., 1979; meros va ixlos, T., 1985; Navoiyxonlik suhbatlari, T., 1993; Temuriylar davri oʻzbek adabiyoti, T., 1996.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (biobibliografiya), T., 1986; Vohidov R., Navoiy qalbila sirlashgan inson, T., 1999.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |