Davlatshoh Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlatshoh Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Shoir, adabiyotshunos, davlat arbobi.

Davlatshoh Samarqandiy (arabcha: دافلاتشاه سمرقندي — Davlatshoh Samarqandiy — Toʻliq ismi: Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh Gʻoziy Samarqandiy (taxminan 1435-1495-yillar)) — Shoir, adabiyotshunos va davlat arbobi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatshoh Samarqandiy (toʻliq ismi Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh as-Samarqandiy) (taxminan 1436/3795) — oʻzbek[1] shoiri, adabiyotshunos va davlat arbobi. Otasi Shohruxning nufuzli amirlaridan boʻlib ko‘pgina harbiy yurishlarida qatnashgan va toju taxt sohibiga sadoqat va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan. Uning „Gʻoziy“ deb atalishi ham shundandir. Davlatshoh Samarqandiyning tavallud topgan vaqti maʼlum bo‘lmasada, o‘zining „Tazkiratu-sh-shuaro“ asarini 50 yoshga kirganida yoza boshlaganini maʼlum qiladi. Asar 1486-yili yozib tugatilgani maʼlum. Agar bu katta va muhim asarni yozish uchun kamida 2-3 yil vaqt sarflangan deb taxmin qilinganda, Davlatshoh Samarqandiy taxminan 1435-1436-yillarda tugʻulgan boʻlib chiqadi. Davlatshoh Samarqandiy yoshligidan ilmga qiziqib, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olimi, faqih va shoir Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiydan taʼlim olgan. Lekin 1480-yillarga qadar ilmiy yoki adabiy faoliyat bilan shug‘ullanmagan, balki saroy xizmati va harbiy ishlarga jalb qilingan, Shohruh va Sulton Husayn Boyqaroning ko‘pgina harbiy yurishlarida ishtirok etgan. U so‘nggi marta Sulton Boyqaro bilan Sulton Mahmud (Hisori Shodmon va Badaxshon hokimi) o‘rtasida Chakmansaroy (Afg‘onistonning Andxoy viloyatida joylashgan manzil)da bo‘lgan jangda qatnashgan. Bu jang, Xondamirning maʼlumotlariga qaraganda, 875/1471-yilda sodir bo‘lgan. Umrining oxirlarida saroy va harbiy xizmatlarni tark etib, ijod bilan shugʻullangan. Davlatshoh Samarqandiy 60-yilga yaqin umr ko‘rib 1495-yili vafot etgan.[2]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiy va forsiyda yozgan. Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asariTazkirat ushshuaro“dir („Shoirlar tazkirasi“, 1486 yilda yozib tugʻallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bagʻishlangan boʻlib, juda kup ilmiytarixiy manbalar asosida yaratilgan. Davlatshoh Samarqandiy mazkur asarini yozishda juda ko‘p manbalardan: o‘zidan oldin yozilgan tazkiralardan, xususan Abu Tohir Xotuniyning „Manoqibu-sh-shuaro“, Avfiyning „Lubobu-l-albob“ kitoblari-dan, tarixiy va geografik asaridan, xususan, Istaxriyning „Kitob masoliku-l-mamo-lik“, Gardiziyning „Zay-nu-l-axbor“, Abulfazl Bayha­qiyning „Tarixi Oli Sabuktakin“ va boshqalardan, shuningdek, tazkirada qayd etilgan shoir va adiblarning as.dan keng foydalangan. Tazkirada VII-XV asrlarda yashab ijod etgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Bu asar juda katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini qamrab olgan. „Tazkiratu-sh-shuaro“ yoki „Tazkirai Davlat­shohiy“ muqaddima, xotima va yetti qism (tabaqa)dan iborat. Asar muqaddima, yetti bob (tabaqa) va xotimadan tashkil topgan. Muqaddimada asarning yozilish sabablari hamda Labid (7-asr), Mutanabiy (915965), Abu Aʼlo al-Maariy (973—1058) kabi 10 nafar mumtoz arab shoiri haqida yozilgan, asosiy boblarda esa 10—15-asrlarda Movarounnahr, Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashab ijod etgan 150 dan ortiq shoir va olimlar faoliyati tadqiq etilib, ularning tarjimai holi haqida maʼlumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Tazkiraning xotima qismida Davlatshoh Samarqandiy bilan zamondosh boʻlgan Jomiy, Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulla Marvarid hamda Xoja Osafiylar haqida maʼlumot berilgan. Tazkira 1015-asrlardagi adabiy jarayon, uning namoyandalari hayoti, ijodini hamda madaniy, ilmiy va tarixiy sharoitni oʻrganishda muhim manba. „Tazkirat ush-shuaro“ Hindiston (1887, 1924), Angliya (1901), Tehron (1958, 1960) da toʻliq nashr etilgan. Ayrim qismlari rus, ingliz, fransuz, nemis, turk, oʻzbek tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. Davlatshoh Samarqandiy ijodini oʻrganish 15-asrda Alisher Navoiy tomonidan boshlangan. Keyinroq ingliz (Braun E.), nemis (Hammer), fors (Muhammad Abbosiy, Muhammad Ramazoniy, Ahmad Gulchin Maoniy), rus (E.Ye. Bertels), oʻzbek (N. Malyaayev, B. Ahmedov) olimlari Davlatshoh Samarqandiy ijodini oʻrgandilar.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Navoiy A., Asarlar [15 jildli], 12-j., T., 1966;
  • Ahmedov B., Davlatshoh Samarqandiy, T., 1967.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 554-556.