Bayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bayt (arab. — uy) — ikki misra sheʼr. 1) Sharq xalqlari sheʼriyati gʻazal, qasida, masnaviy va boshqa janrlari B.dan tuziladi. Tarjiʼband va tarkibbandlarda bandlarni bir-biriga bogʻlovchi B. vosita B. deyiladi. Mas, Navoiyning "Gʻaroyib ussigʻar" devonida "Ketur soqiy, ul mayki, subgʻi alast, Aning nashʼasidin koʻngul erdi mast" deb boshlangan tarjiʼbandi (10 band, 200 misra)ning har biri "Harobot aro kirdim oshifta hol, May istarga ilgimda sinsin safol"B.i bilan tugallangan. Badiiy ijodda bir B.li mustaqil sheʼrlar ham bor; 2) bezak va naqsh mujassamotlaridan biri. Bezak sanʼati, xususan amaliy sanʼat (miskarlik, kulollik, rixtagarlik va boshqalar)da keng qoʻllaniladi. Roʻzgʻor buyumlari (kosa, choynak, piyola, lagan, oftoba va h.k.) va meʼmoriy obidalar bezaklariga oʻtmishda koʻpincha sheʼriy misralardan husnixat (kufiy, suls, nasx, nastaʼliq, rayhoniy) bilan B. bitilgan. B. buyumga oʻziga xos nafosat, badiiylik baxsh etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil